Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori toʼgʼonidan sizib chiqqan suv oqimi aholi yashash punktlariga jiddiy zarar yetkazdi. Suv ombori atrofidagi hududlar aholisining bir qismi Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilinib, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

Bugun, Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Sardobadagi fojia natijasida Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatiga joylashtirilgan 300 nafarga yaqin fuqarolarning holidan xabar oldi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatiga joylashtirilgan aholi bilan muloqot qildi. Suhbat chogʼida vazir tushkunlikka tushmaslikni bu kunlarni birgalikda yengishini taʼkidladi.

Shundan soʼng, Dilmurod Nabiev viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi I.Tojiboev boshchiligidagi mutasaddi xodimlar bilan uchrashib, Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatiga joylashtirilgan aholi uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish, sport jihozlari, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlarini tashkil etish boʼyicha tavsiya va koʼrsatmalar berdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati