Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriya va Iroqqa qarshi o’rtoqlik o’yinlarini o’tkazish uchun kecha Dubay shahriga yetib bordi. MTJ delegatsiyaning har bir a’zosi Dubay xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirdi va test natijalari chiqquniga qadar ular mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida bo’lib turdi. Tahlil natijalariga ko’ra hech kimda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi va jamoa mashg’ulotlariga ruxsat berildi. 

Batafsil

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol faxriylar kengashi tomonidan muntazam ravishda faxriylar o‘rtasida “O‘FA kubogi” musobaqasi o‘tkazib kelinmoqda. XXVI bor tashkil etilgan bu galgi musobaqa 40 yoshga to‘lgan va undan katta futbolchilar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich viloyat terma jamoasini shakllantirish maqsadida tumanlar kesimida, ikkinchi bosqich esa hududiy joylashuvdan kelib chiqib, 4 ta 

Batafsil

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Bugun terma jamoamiz vakillari Rabot shahridagi Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida mezbon jamoa vakillariga qarshi maydonga tushdi. Marokash vakillari darvozamizga 5 bor gol urgan bo’lsa, Davron Choriyevning dubli va Akbar Usmonovning so’nggi daqiqalarda urgan goli hisobni 5-3 ko’rinishiga keltirdi. Futzal bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvi 

Batafsil

O’zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi kungi mashg’ulotlarni ham “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’tkazdi. “Paxtakor” himoyachisi Egor Krimets jarohati sabab noyabr oyidagi yig’inda qatnasha olmasligi ma’lum bo’ldi. Jarohati bilan yig’inga kelib qo’shilgan “Paxtakor” klubining yana bir futbolchisi Odil Hamrobekovga Toshkentda qolib, davolanib olishiga ijozat berildi.