Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Ayni kunlarda futbol mahorat maktablarida 2021-2022 oʼquv yili imtihonlari uchun zarur hujjatlar qabul qilish jarayoni start olgan. O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida qabul jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud kamchiliklarlarni tahlil etishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Videoanjuman shaklida o’tgan yig’ilishda Turizm va sport vazirining o’rinbosari Avaz Karimov, O’FA mutassaddi va mutaxassislari, hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va texnik direktorlari hamda futbol mahorat maktablari direktorlari ishtirok etdi.

Yig’ilish avvalida O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov har bir mutasaddi va mutaxassis qabul jarayoni va imtihon sinovlarida mas’uliyatni to’liq his qilgan holda yondoshishi, yosh futbolchilar iqtidorini har tomonlama obyektiv baholashi zarur ekanligini ta’kidladi. Aynan shu bosqichdan futbolchining nafaqat jismoniy, balki ruhiy tarbiyasi hamda shakllanishi boshlanadi. Bu esa katta e’tiborni talab etadi. O’zbek futbolining ertangi kuni ham aynan bolalar futbolidagi tizimli va professional ish jarayoniga bog’liq. Avaz Karimov ham o’z navbatida Turizm va sport vazirligi tomonidan xalqimizning sevimli sport turi bo’lmish futbolni rivojlantirish masalalarida har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Imtihon sinovlarida shaffoflikni ta’minlash, adolat mezonlariga amal qilish va “tanish-bilishchilik” illatiga yo’l qo’ymaslik qat’iy talab etildi. Bolalar-o’smirlar futbolining rivojiga, unung sog’lom muhitiga rahna soladigan har qanday holatlarning oldini olish maqsadida O’FA tomonidan Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda qabul jarayoni va imtihonlarni o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Yig’ilish davomida hududiy futbol assotsiatsiyalari va futbol mahorat maktablari vakillari o’z viloyatlaridagi imkoniyat va tajribalardan kelib chiqib, qabul va imtihon jarayonlarini yanada yaxshiroq tashkil etish bo’yicha fikr va takliflar bildirdi. Qabul jarayoniga turli hududlardagi yosh iqtidorlarni jalb etish orqali imtihonlarda raqobatni rivojlantirish va salohiyati yuqori bo’lgan yosh futbolchilarni tanlab olish muhim ekanligiga urg’u berildi.

Bundan tashqari, zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa inventarlar o’z vaqtida ta’minlanishi, futbol maydonlari o’lchami va sifatiga alohida e’tibor qaratilishi zarur ekanligi ta’kidlab o’tildi. Imtihonlar o’tkaziladigan joylarda sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga amal qilish zarur ekanligi ta’kidlandi.