Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan futzal boʻyicha Jahon chempionatiga bagʻishlangan tashkiliy qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda musobaqaning tashkiliy jarayonlari, xususan, butun dunyodan tashrif buyuradigan delegatsiya va mehmonlarni munosib kutib olish, ularga barcha sharoitlarni taqdim etish, mehmonxonalardagi qulayliklar, arenalar va mashg‘ulot maydonlari sifatini ta‘minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jahon chempionati ishtirokchilari hamda mehmonlar xavfsizligiga alohida e‘tibor qaratish, transport, marketing, translyatsiya va tibbiyot yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarning takliflari o‘rganib chiqilib, mas‘ullar tomonidan FIFA talablariga mos barcha sharoitlar yaratilishi zarurligi ta‘kidlandi.