Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi Sunnatulla Joʻrayev matbuot anjumanida ishtirok etdi

Xose Venansio Lopes:
— Avvalo yarim finalga yoʻl olganimizdan juda xursandman. Vyetnam terma jamoasi va bosh murabbiy Diegoni yaxshi oʻyin koʻrsatgani bilan tabriklayman. Uchrashuv ikki jamoa uchun ham ogʻir boʻldi. Ammo qiyinchiliklarga qaramasdan, oʻyinni nazorat qila oldik. Bahs yakunlanishiga 55 soniya qolganida gʻalaba golini urdik. Raqibda ham yetarlicha imkoniyatlar boʻldi, ayrim vaziyatlarda bizga omad kulib boqdi. Aytishim mumkinki, ushbu terma jamoa yarim finalda boʻlishga haqli.

Jamoa magʻlubiyatdan qanday chiqib ketgani haqida
— Toʻgʻrisini aytsam, hech qanday alohida taktika ishlab chiqmadik, faqat himoyamizdagi ba’zi kamchiliklarni bartaraf etdik. Shuningdek, darvozabonimizga hujumlarga koʻproq qovshilishi kerakligini aytdim. Gʻalabaga sabab boʻlgan yagona jihat bu jamoaning ruhiy holatidir. Futzalchilarimiz qanday holatda boʻlishmasin, doimo muvaffaqqiyat uchun kurashadilar.

Uchrashuvga tayyorgarlik va Eronga qarshi bahs haqida
— Biz ushbu o’yinga ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik koʻrgan edik. Bahs davomida ham aynan shu sabab gʻalaba qozondik. Hatto gol oʻtkazib yuborganimizdan keyin ham shogirdlarim oʻyinni xotirjam davom ettirishdi va nazoratni yoʻqotishmadi.

Eronga qarshi bahs juda qiyin va murakkab boʻlishi aniq, biroq biz oʻz potensialimizga ishonamiz. Ularga qarshi oʻyindagi gʻalaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir koʻrsatadi.

Sunnatulla Joʻrayev:

— Butun oʻzbek xalqini gʻalaba bilan tabriklayman, bundan juda xursandmiz. Ogʻir uchrashuv oʻtkazdik, biroq oʻz oʻyinimizni topib oldik va gʻalaba qozondik. Jamoamiz juda yaxshi holatda va finalga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.