Free ebooks Library zlibrary project

Yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan bir qator musobaqalar, xususan, U-20 ayollar Osiyo kubogi, JCh-2026 saralash oʻyinlari hamda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatida ishtirok etuvchi koʻngillilarni jalb etish dasturining birinchi bosqichiga start berildi.

Volontyor sifatida nufuzli sport tadbirlarida ishtirok etish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻling. Buning uchun quyidagi soʻrovnomani ingliz tilida toʻldiring!

Roʻyxatga olish jarayoni joriy yilning 20-martiga qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun, bu yil yurtimiz koʻplab xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiladi va unda jami minglab koʻngillilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Volontyorlar musobaqalar oʻtkazish, media, marketing, terma jamoalar bilan ishlash, protokol, tibbiyot, xavfsizlik, IT, akkreditatsiyalash, mehmonlarni kutib olish xizmati, transport va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi