Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlari 2021-yilga koʻchirildi. Shu munosabat bilan bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan onlayn videokonferensiya tashkil etildi. Unda 70dan ortiq sport mutasaddilari ishtirok etdi. Videokonferensiyaga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev raislik qildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasini optimallashtirish, qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bosh mutaxassisi Akromjon Nizametdinov maʼlumot berdi.

Taʼkidlash joiz, toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Olimpiya oʻyinlarining bir yil keyinga surilishi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga oʻzgartirish kiritilishini taqozo etardi. Videokonferensiya paytida ushbu masala atroflicha muhokama qilindi. Sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida Respublika kalendar rejasi optimallashtiriladigan boʻldi.

Shuningdek, videokonferensiyada terma jamoa sportchilarining energiya zaxirasini qoplashga yoʻnaltirilgan moliyaviy mablagʻlarning samarali ishlatilishi, shuningdek

2022-yil 22-oktyabr – 9-noyabr kunlari Dakar (Senegal) shahrida boʻlib oʻtadigan IV oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari hamda 2022-yil 10-25-sentyabr kunlari Xanchou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning borishi toʻgʻrisida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Muzaffarxoʻja Raxmatxoʻjayevning hisoboti tinglandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov esa XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlari 2021-yilga koʻchirilganligi munosabati bilan sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalarga murojaat yoʻlladi.

Yana bir masala: karantin davrida sportchilar uy sharoitida shugʻullanmoqda va oila davrasida oziq-ovqat isteʼmol qilishmoqda. Biroq, bu vaziyat karantindan keyin sportchilar doping nazoratidan oʻtmasligini anglatmaydi, aksincha, talablar yana-da jiddiylashadi. Shu bois videokonferensiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodir Tursunov ham sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolariga anti doping masalalari boʻyicha murojaat bilan chiqish qildi va barchani doping talablariga jiddiy amal qilishga chaqirdi.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, garchi Olimpiya oʻyinlari bir yilga kechiktirilgan boʻlsa-da, mashgʻulotlar bir zumga toʻxtagani yoʻq. Zero, bir kunlik mashgʻulotlarning qoʻyib yuborilishi uzoq yillik mehnatlarni sarobga aylantiradi. Faqat buni sportchi va trenerlar toʻgʻri anglagan holda mashgʻulotlarga har qachongidan masʼuliyat bilan yondashsa bas, albatta koʻzlangan maqsadlarga erishamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

minsport.uz