Free ebooks Library zlibrary project

Har toʻrt yilda butun Osiyo boʻylab oʻtkaziladigan nufuzli musobaqalardan biri Osiyo oʻyinlarining navbatdagisiga Xitoyning Xanjou shahri mezbonlik qiladi. Kecha ushbu musobaqaning rasmiy timsollari tanlandi.

Unga koʻra, “Aqlli uchlik” nomi bilan mashhur boʻlgan sport mahsuloti 2022-yil boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarining rasmiy timsollariga aylandi.

Konkong, Lyanlyan va Chenchen nomidagi robotlar oʻzlarida shaharning YUNESKOning Butunjahon meros obyektlariga kirgan hududlarini tasvirlashgan. Koronavirus pandemiyasi sabab taqdimot raqamli ochilish marosimi shaklida oʻtkazildi.

Birinchi “Congcong” roboti Lyanchjou shahridagi arxeologik xarobalarni taqdim qiladi. Uning nomi ushbu hududdan topilgan nefrit turidan olingan. Topilmaning yoshi 5000-yildan ortiq boʻlib, uning sharafi bilan timsoll yer va hosilning asosi boʻlmish sariq rangni oʻzida jilolagan.

Ikkinchi robot “Lianlian” boʻlib, oʻzida Gʻarbiy koʻlni tasvirlaydi. Uning nomi lotos barglariga toʻla, yashilga burkangan koʻlni, hayot va tabiatni anglatadi.

Uchinchi robot “Chenchen” Pekin-Xanjou Katta kanalining ramzidir. Uning nomi Katta Xanjou kanalida joylashgan va muhim bino Gunchxen koʻprigidagi olingan. Robot ilm-fan va texnikani ifodalovchi koʻk rang bilan boʻyalgan.

Ochilish marosimida soʻz olgan boshqaruv qoʻmita raisi Raja Randxir Singx timsollar zamonaviy dunyo ongini va kelajak energiyasini bildirishini aytib oʻtdi. timsollar yorqin va mazmunga boy, ular Xitoy madaniyati, Xanjou shahri va Osiyo qitʼasi ruhini birlashtirgan”, – dedi Singx.

Maskotlar taqdim qilingandan keyin 20 daqiqalik onlayn raqs va madaniy chiqishlarni oʻz ichiga olgan marosim boʻlib oʻtdi. Tashkiliy qoʻmitaga Xitoy sanʼat akademiyasi oʻqituvchilari Chjan Ven va Yan Xong tomonidan yaratilgan soʻnggi robot qahramonlari bilan maskot eskizlari uchun jami 4633 ta murojaat kelib tushgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil Xanjou shahrida oʻtadigan 19-Osiyo oʻyinlari 10-25-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

minsport.uz