Free ebooks Library zlibrary project

Yurtdoshlarimizni uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishga jalb etish maqsadida tashkil etilgan #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjida navbatdagi bosqich yakunlandi.

Tanlovga 18-22-aprel oraligʻida ham koʻplab videoroliklar kelib tushdi. Eʼtiborlisi, chellenjga yuborilayotgan videolar borgan sari sifat jihatidan oʻsib bormoqda. Asli maqsadimiz ham shu edi.

Quvonarlisi, tanlovga kelayotgan videolarga yondashuvda tobora kreativlik koʻzga tashlanmoqda. Bu safar ham shunday boʻldi.

Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra bu safar tanlov gʻolibligi Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani, “Mindonobod“ mahallasida istiqomat qiluvchi Haydarovlar oilasi tomonidan yuborilgan videoga nasib etdi.

2-oʻringa Toshkent shahar Olmazor tumani 2-sonli BOʻSMning Turon jang sanʼati toʻgaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan oʻziga xos videorolik loyiq koʻrildi.

3-oʻringa bu safar ham ikkita oila vakillari sazovor boʻldi. Fargʻona shahar, Yermozor mahalla “Sharshara“ koʻchasida yashovchi Abdulaziz Toxirov ishtirokida olingan video hamda chellenjda faol qatnashib kelayotgan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida umrguzaronlik qilib kelayotgan mehnat faxriysi Maʼsuma Mixriddinovalar gʻoliblar roʻyxatini yakunlab berdi.

Aziz yurtdoshlar, #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji hamon davom etmoqda. Shunday ekan, imkoniyatni qoʻldan boy bermang va uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanib, uni videoga olgan holda chellenjga yuboring, balki keyingi gʻolib siz boʻlarsiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati