Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’FA va UEFA o’rtasidagi o’zaro tajriba almashish bo’yicha hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizda faoliyat olib bormoqda.

O’tgan kun UEFA mutaxassisi O’FA mas’ul xodimlari bilan Sirdaryo viloyatida bo’ldi.

Ushbu safarda u Sirdaryo viloyati bolalar-o’smirlar sport maktabi hamda futbol mahorat maktablariga tashrif buyurib, mazkur dargohda faoliyat olib borayotgan murabbiylar ishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Rojer Meyxri Guliston shahar BO’SM faoliyatini ham yaqindan o’rganib, kerakli tavsiyalari bilan o’rtoqlashdi. Mashgʼulotlarda ishtirok etayotgan tarbiyalanuvchilar hamda ularning murabbiylar bilan yaqindan muloqot qilib, ularga zarur koʼrsatma va maslahatlar berdi.

Tashrif so’nggida UEFA vakili “Yangiyer” klubi stadionida bo’lib, bu yerda bolalar va o’smirlar futbol bilan muntazam shugʼullanishlari uchun yaratilgan mavjud sharoitlarni ko’zdan kechirdi.