Free ebooks Library zlibrary project

Ayni kunlarda UEFA delegatsiyasi yurtimizda boʼlib turganidan xabaringiz bor.

UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi shu kunlarda OʼFAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Tashrif doirasida OʼFA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda, OʼFA hamda PFLning har bir yoʼnalish boʼyicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha oʼrganilmoqda.

13-mart kuni mazkur tashrif yakunlariga bagʼishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. UEFA vakillari bilan boʼladigan anjuman soat 15:45da “Hilton” mehmonxonasida boʼlib oʼtadi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.