Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

2021-yili bo’lib o’tadigan ayollar o’rtasida U20 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 23-dekabr kuni OFK bosh qarorgohida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

U20 Osiyo chempionati saralash bahslari reja bo’yicha ikki bosqichda o’tkaziladi. Kelasi yilning 17-21 mart kunlari dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo’lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo’llanmasi uchun bellashadilar.

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o’rin oladigan bo’ldi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur, Tojikistan

1-savatcha: Vyetnam, Tailand, Eron, O’zbekiston, Nepal

2-savatcha: Livan, Qirg’iziston, Iordaniya, Hindiston, Malayziya, BAA

3-savatcha: Bangladesh, Gongkong, Guam, Pokiston, Maldiv orollari

4-savatcha: Indoneziya, Iroq, Kuveyt, Shimoliy Mariana orollari, Falastin, Filippin, Shri Lanka, Turkmaniston

Qur’a mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha