Ilhom Xanjariyev murabbiyligi ostidagi U17 O’zbekiston o’smir qizlar terma jamoasi 7-16 dekabr kunlari Olmaliq shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.
Bu yig’in kelasi yili bo’lib o’tadigan o’smir qizlar o’rtasidagi U17 Osiyo chempionati saralash bahslari uchun terma jamoa tarkibini shakllantirib olish maqsadida tashkil etilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, U17 Osiyo chempionati saralash bellashuvlarining dastlabki bosqichi 2021- yil 7-11 aprel kunlari o’tkaziladi.
Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg’iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikistan va Vyetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.
U17 O’zbekiston o’smir qizlar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 2-savatchadan o’rin oladigan bo’ldi. Bu savatda shuningdek Filippin, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Gongkong, Singapur va Indoneziya vakillari o’rin olgan. Mazkur qur’a marosimi OFKning Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida 23-dekabr kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:
№ |
Ism-familiyasi | Amplua |
Jamoa |
1. |
Choriyeva Aziza | Darvozabon | “Sevinch” |
2. | Abdurashidova Gulshoda | Darvozabon |
“Sevinch” |
3. |
Li Aleksandra | Darvozabon | AGMK |
4. | Egamberdiyeva Sevinch | Himoyachi |
“Sevinch” |
5. |
Zarubina Sabina | Himoyachi | “Dinamo-Samarqand” |
6. | Umirzaqova Kamola | Himoyachi |
AGMK |
7. |
Raxmatullayeva Sevinch | Yarimhimoyachi | AGMK |
8. | Turg’unboyeva Nilyufar | Yarimhimoyachi |
AGMK |
9. |
Almatova Alina | Yarimhimoyachi | “Bunyodkor” |
10. | Azatova Samira | Yarimhimoyachi |
“Sevinch” |
11. |
Boyliyeva Sevinch | Yarimhimoyachi | “Sevinch” |
12. | Toshtemirova Sitora | Yarimhimoyachi |
“Sevinch” |
13. |
Abdukarimova Maxzuna | Yarimhimoyachi | Tashkent BO’FA |
14. | Buntina Kseniya | Yarimhimoyachi |
“Sevinch” |
15. |
Olimjonova Ruxshona | Yarimhimoyachi | Bo’ka BO’SM |
16. | Turgunova Oydinoy | Yarimhimoyachi |
AGMK |
17. |
Aminjonova Asalxon | Hujumchi | Marg’ilon BO’SM |
18. | Rustullayeva Leyla | Hujumchi |
AGMK |
19. |
Egamberdiyeva Mexribon | Hujumchi | “Sevinch” |
20. | Omonqulova Ziyoda | Hujumchi |
AGMK |