Free ebooks Library zlibrary project

Kecha Farg’ona shahrida Pro liganing 20-turidan o’rin olgan “Neftchi” (Fargona) – “Turon” (Yaypan) uchrashuvi bo’lib o’tdi. Farg’ona shahridagi “Istiqlol” stadionida o’tgan mazkur bahsning yakunida uchrashuv hakamlariga nisbatan qo’pol va tajovuzkor munosabatda bo’lib, ularga tan jarohati yetkazildi.

Mazkur holat bo’yicha O’FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi va Farg’onaga yetib bordi.

U yerda Ichki ishlar vazirligi hamda “Neftchi” – “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur uchrashuv yakunida yuzaga kelgan mojaro bo’yicha surishtiruv ishlari boshlandi.

Bunda hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan o’rganib chiqilmoqda.

Yaqin vaqt ichida surishtiruv ishlari yakuniga ko’ra qo’shimcha ma’lumot beriladi.