Free ebooks Library zlibrary project

Shu yili Bahraynda bo’lib o’tadigan U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18-iyun kuni bo’lib o’tadi.

Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu musobaqaning yarim finaliga yetib borgan jamoalar 2021-yil Peruda tashkil etiladigan o’smirlar o’rtasidagi Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi qur’a tashlash jarayonida Xitoy, Qatar va BAA vakillari bilan bir savatdan joy oladi.

Ayni paytda, terma jamoamiz poytaxtimizdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda.

U16 Osiyo chempionati-2020. Qur’a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18-iyun, soat 11.30 (Toshkent v.b.)

1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya

2-savatcha: Avstraliya, Shimoliy Koreya, Indoneziya, O’mon

3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni

4-savatcha: Xitoy, O’zbekiston, Qatar, BAA