Osiyo futbol konfederatsiyasi yurtimizda bo‘lib o‘tgan U20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda terma jamoamizning bir nafar futbolchisi – Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. Ushu tekshuriv “A”, ya‘ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng “B” qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakinuy qaror chiqariladi.
O’zbekiston futbol assotdiatsiyasi rahbariyati boshchiligida mazkur holatni to‘liq o‘rganib chiqish yuzasidan ichki tekshiruv boshlangan. Unda futbolchi, tibbiy qo’mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etishmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste‘mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.
Shuni ta’kidlash kerak, turnir davomida O’zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tgan va hech kimda ta’qiqlangan vositalar aniqlanmagan.
Tekshiruv natijalari bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali e‘lon qilinadi.