Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Surxon” — “Buxoro”

Oʻzbekiston Superligasining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Buxoro” uchrashuvining 73-daqiqasida “Buxoro” klubi futbolchisi Roʻzimboy Axmedov raqib oʻyinchisining yuz qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvning 77-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Tamirlan Djamalutdinov toʻpsiz vaziyatda bosh qismi bilan raqib oʻyinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Roʻzimboy Axmedovga (“Buxoro”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Tamirlan Djamalutdinovga (“Surxon”) nisbatan esa 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Olimpik” — “Andijon”

Superliganing 4-turidan oʻrin olgan “Olimpik” — “Andijon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Nodari Kavtaradze oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nodari Kavtaradzega (“Andijon”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Soʻgʻdiyona”

Superliganing 4-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 71-daqiqasida mezbon jamoa muxlislari tomonidan maydon va futbolchilarga qarata turli buyumlar uloqtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Bundan tashqari, klub muxlislari tomonidan kelgusida maydonga turli buyumlarni uloqtirish holatlari takrorlansa, klubga nisbatan uy uchrashuvlarini muxlislarsiz oʻtkazish intizom chorasi qoʻllanishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

“Paxtakor” — “Qizilqum”

Oʻzbekiston Superligasining 5-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” klubi futbolchisi Oybek Nurmatov oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyogʻiga qoʻpol tarzda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Oybek Nurmatovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Birinchi liga

“Qumqoʻrgʻon-1977” — “Jayxun”

Birinchi liga musobaqasining dastlabki turidan oʻrin olgan “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Jayxun” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Qumqoʻrgʻon-1977” jamoasi seleksioneri Abdumalik Jumayev hakamlar hamda uchrashuv komissariga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdumalik Jumayevga (“Qumqoʻrgʻon-1977”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 chempionati

“Nasaf U21” — “Surxon U21”

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Surxon U21” uchrashuvining 18-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Qadamboy Nurmetov oyogʻining tag qismi bilan sakragan holda raqib oʻyinchisini tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shuningdek, oʻyinning 52-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Axadjon Abduraxmonov raqib oʻyinchisining oyoq qismiga toʻpsiz vaziyatda tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Qadamboy Nurmetovga (“Surxon U21”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Axadjon Aburaxmonovga (Nasaf U21) nisbatan esa 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Neftchi U21” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Abdulaziz Yusupjonov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulaziz Yusupjonovga (“Andijon U21”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Turon U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Turon U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 38-daqiqasida “Turon U21” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Azamov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan, chetlashtirilgandan soʻng muxlislar oʻtiradigan tribunaga chiqib, uchrashuv komissari hamda hakamlari tomon takroran haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rustam Azamovga (“Turon U21”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 28-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Timur Nabiyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Timur Nabiyevga (“Qizilqum U21”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

U-19 chempionati

“Lokomotiv U19” — “Nasaf U19”

U19 chempionatining 1-turi doirasidagi “Lokomotiv U19” — “Nasaf U19” uchrashuvining 60-daqiqasida “Lokomotiv U19” jamoasi bosh murabbiyi Sobir Usmonxoʻjayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shuningdek, oʻyinning 85-daqiqasida “Nasaf U19” jamoasi futbolchisi Sardorbek Baxromov oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sobir Usmonxoʻjayevga (“Lokomotiv U19”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Sardorbek Baxromovga (“Nasaf U19”) nisbatan esa 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor U19” — “Aral U19”

U19 chempionatining 1-turi doirasidagi “Navbahor U19” — “Aral U19” uchrashuvining 71-daqiqasida “Navbahor U19” jamoasi futbolchisi Murtazo Murodullayev raqib oʻyinchisining qorin qismiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Oʻyinning 84-daqiqasida “Navbahor U19” jamoasi futbolchisi Daniil Panfyorov toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini tepganligi hamda boʻyin qismidan boʻgʻganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Navbahor U19” futbolchilari Murtazo Murodullayevga nisbatan 3 ta oʻyinga, Daniil Panfyorovga nisbatan esa 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor U19” — “Buxoro U19”

U19 chempionatidan oʻrin olgan “Navbahor U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Mirfayz Muxtorov raqib oʻyinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirfayz Muxtorovga (“Buxoro U19”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Olimpik U19” — “Andijon SGS U19”

1-tur doirasidagi “Olimpik U19” — “Andijon SGS U19” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Olimpik U19” jamoasi futbolchisi Zayniddin Poʻlatboyev oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Zayniddin Poʻlatboyevga (“Olimpik U19”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!