Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, joriy yilning oktyabr oyida Oʼzbekistonda 19 yoshgacha boʼlgan futbolchilar oʼrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi bo’lib o’tadi.

U-19 qit’a birinchiligini har jihatdan yuqori saviyada tashkil etish boʼyicha Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Qayd etish joiz, musobaqaning rasmiy logotipi bilan bir qatorda chiqariladigan turli reklama banneri hamda afishalarda bir xil dizayndagi umumiy fondan foydalaniladi.

Aynan mana shu umumiy fon uchun dizaynerlar tomonidan bir qator milliy va o’zbekona uslubga asoslangan loyihalar tayyorlandi.

Ular ichidan eng sarasini tanlab olish imkoniyati esa muxlislarga taqdim etiladi. Quyida sizga taqdim etilayotgan loyihalar ichidan o’zingizga eng manzur bo’lgan talqinga O’FAning rasmiy Telegram kanalida o’tkazilayotgan so’rovnomada ovoz bering. Yakunda eng ko’p ovoz to’playdigan yagona dizayndagi umumiy fondan musobaqa davomida logotip bilan birgalikda foydalaniladi.