Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida oʻtayotgan Osiyo Kubogi doirasidagi 3-tur bahsida mezbonlarga qarshi maydonga tushdi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi terma jamoamiz mazkur bellashuvda Saudiya Arabistoni U-17 terma jamoasini 3:0 hisobida dogʻda qoldirdi. Gollarga Jamshidbek Rustamov (57ʼ, 70ʼ) va Asilbek Aliyevlar (63ʼ) mualliflik qildi
Bu gʻalaba orqali Oʻzbekiston “A” guruhida 9 ochko jamgʻarib, peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi oʻyinini 13-aprel kuni oʻtkazadi. Hozirda jamoamizning chorak finaldagi raqibi maʼlum emas.