Joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. 14-yanvardan terma jamoamiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishgani haqida xabar bergan edik. Bugun terma jamoamiz AGMK jamoasi yoshlari bilan bahs olib bordi va qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda
Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugundan musobaqada chorak final uchrashuvlari start oladi. Lyubinko Drulovich ustozligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bu bosqichda BAA termasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga o‘tkaziladi. Bugun “Rajamangala” stadioni anjumanlar zalida har ikki terma jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Lyubinko Drulovich
Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu kunlarda poytaxtimizda yig‘in olib bormoqda. Azamat Abduraimov shogirdlari bugun ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. “Chig‘atoy-2002”ga qarshi kechgan o‘yinda terma jamoamiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoa safida Rustam Turdimurodov, Tohir To‘xtasinov hamda Shahzod Akramov raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oldinroq o‘smirlar terma jamoamiz 3:1 hisobida “Bunyodkor-2003”ni mag‘lub
Tailandda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Guruh bosqichining oxirgi turida terma jamoamiz Janubiy Koreya bilan bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan jamoamiz guruhda 2-o‘rinni band etdi va chorak finalga yo‘l oldi. U-23 Osiyo chempionati “C” guruhi, 3-tur O‘zbekiston – Janubiy Koreya 1:2
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 bahslariga jiddiy hozirlik olib bormoqda. Futzalchilarimiz 10-yanvardan boshlab poytaxtimizda yig‘inga kirishishgan. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Dastlab 10-19-yanvar oralig‘ida Toshkentda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. So‘ngra 19-23-yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda yig‘in tashkil etiladi. Yig‘in doirasida mazkur mamlakat milliy jamoasi bilan 2 ta