Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Kiyev shahridagi xalqaro xotira turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik. “JAR” majmuasida oʻtkazilgan soʻnggi nazorat oʻyiniga OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbat qurdi va kerakli koʻrsatmalar berdi. Ushbu
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston 2-0 Eron Gollar muallifi: Lyudmila Karachik 15ʼ, Lianna Narbekova 55ʼ.
19-avgust kuni Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Ispaniya terma jamoasiga qarshi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. “Polideportivo Municipal el Limon” sport majmuasida oʻtgan uchrashuvda ispaniyaliklar Raul Gomez tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga gʻalaba qozonishdi. Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi. Ispaniya 1-0 Oʻzbekiston Gol: Raul Gomez 12ʼ
Xabaringiz bor, joriy yilning 13-18 avgust kunlari O’zbekiston o’smirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash maqsadida Toshkent viloyatida 2005-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilardan iborat hududiy terma jamoalari o’rtasida Respublika musobaqasi o’tkazildi. Mazkur bellashuvlarda o’z iqtidorini namoyish etgan yosh futbolchilar O’zbekiston U16 terma jamoasiga jalb etildi. Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o’smirlar jamoamiz kecha “Chig’atoy” stadionida o’quv-mashg’ulot yig’ini boshladi.
Avval xabar berganimizdek, futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun Ispaniyaga yo’l oldi. Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning yetakchi terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Bugun Madrid shahriga yetib borgan futzal terma jamoamiz kunning ikkinchi yarmida mashg’ulotlarni boshladi. Murabbiylar shtabi asosan tiklanish mashqlariga urg’u berdi. Eslatib o’tamiz, ertaga Bahodir