O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol mahorat maktablarining turli yosh toifalaridagi jamoalari o’rtasida O’zbekiston kubogi bahslari boshlandi.
Joriy yilning 23-28 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan mazkur musobaqalarga Farg’ona, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mezbonlik qilmoqda.
U13 O’zbekiston kubogi mezboni: Samarqand viloyati
U14 O’zbekiston kubogi mezboni: Jizzax viloyati
U15 O’zbekiston kubogi mezboni: Navoiy viloyati
U16 O’zbekiston kubogi mezboni: Qoraqalpog‘iston Respublikasi
U17 O’zbekiston kubogi mezboni: Farg‘ona viloyati