Free ebooks Library zlibrary project

Bugun respublikamizning Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida OFKning “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan futbol festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Festival davomida yosh ishtirokchilar maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda va har bir guruhlarga biriktirilgan mahoratli murabbiylar boshchiligida maxsus jihozlangan joylarda estafeta, to‘p muomalasi, to‘pni qo‘lda o‘ynash, yugurish hamda to‘p nazorati bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Futbol festivali davomida murabbiylar ishtirokchilarni futbolning sir-asrorlari bilan tanishtirishdi. Tadbir so‘ngida ishtrokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Qayd etish zarur, bunday tadbirlar yosh o‘quvchilarga katta futbolga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlariga turtki bo‘ladi.