Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-19-iyun kunlari U23 Osiyo kubogiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli turnirning rasmiy qurʼa tashlash marosimi ham aynan mamlakatimizda oʻtkaziladi.

Qurʼa tashlash jarayoni “Bunyodkor” stadionida 17-fevral kuni soat 12:00 da boshlanadi. Marosimda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.

Musobaqa mezboni Oʻzbekiston U23 terma jamoasi nomi 1-savatchaga joylashadi. Shuningdek, ushbu savatchadan Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya ham oʻrin olgan.

Qurʼa savatchalari:

1-savatcha
Oʻzbekiston
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni
Avstraliya

2-savatcha
Iordaniya
Tailand
BAA
Eron

3-savatcha
Iroq
Qatar
Vyetnam
Yaponiya

4-savatcha
Tojikiston
Malayziya
Kuvayt
Turkmaniston

OAV DIQQATIGA!

OFK talabiga koʻra, qurʼa tashlash marosimini yoritmoqchi boʻlgan rasmiy nashrlar tadbirda ishtirok etadigan 1 nafar (muxbir yoki tasvirchi) xodimi haqidagi maʼlumotlarni 11-fevral soat 17:00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga yuborishlari soʻraladi. OAV vakillari uchun ajratilgan oʻrinlar soni chegaralangan.

Amaldagi tartibdan kelib chiqib, OAV vakillari marosim ishtirokchilari bilan muloqot qilishi qatʼiyan man etiladi. Tadbir oʻtkaziladigan hududda sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga amal qilish, oʻzaro ijtimoiy masofa saqlashi talab etiladi.