Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

25-fevral kuni poytaxtimizda OFKning “C” litsenziyasi dasturi boʼyicha murabbiylik kurslari start oldi. 5-martga qadar davom etadigan mazkur kurs davomida oʼquv jarayoniga yoʼriqchi Shamil Iseev rahbarlik qilmoqda. Kurs ham amaliy, ham nazariy mashgʼulotlardan iborat. Oʼquv kurslarida yaqin oʼtmishning mashhur futbolchilaridan – Kenja Toʼrayev, Ildar Yuldashev, Mahliyo Sarikova kabi jami 20 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.

Yakunda imtihonni muvaffaqiyatli topshiradigan murabbiylar 3 yil muddatga “C” litsenziyasiga ega boʼlishadi.