O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida OFK “B” litsenziyasi uchun murabbiylik kursining dastlabki moduli yakunlandi.
24 nafar murabbiy ishtirok etgan mazkur kursda Dmitriy Kim instruktor vazifasini bajardi. Olti kunlik o’quv-mashg’ulotlar mobaynida intruktorga Vladimir Kovalenko hamda Davron Qudratullaev ko’maklashib bordi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Kurs yakuniy imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar OFKning 3 yilga mo’ljallangan murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritadi.