Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

20 avgust kuni Toshkentda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (FMTM) “C” litsenziyasi bo’yicha O’FA murabbiylik kurslarining ikkinchi moduli boshlandi.

O’quv jarayoni o’qituvchi Shamil Iseyev rahbarligida olib borilmoqda. Modul nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Kursda 20 nafar murabbiy qatnashmoqda. Ular ichida Oʼquv kurslarida mashhur futbolchilardan – Ignatiy Nesterov, Sadriddin Abdullayev, Kamoliddin To’jiyev, Dilorom Tulanova ishtirok etmoqda.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshiradigan murabbiylar yakunda 3 yil muddatga “C” litsenziyasiga ega boʼladi.