Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Bugun, 27-oktyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, FIFA yuridik departamenti, Rossiyaning “SILA International Lawyers” xalqaro yuridik kompaniyasi, Sport Arbitraj Sudi arbitri hamkorligidagi “Huquq va Sport” nomli xalqaro seminar o’tkazildi.

Unda maʼruzachilar sifatida xorijning bir qator taniqli sport huquqshunoslari, jumladan FIFA ekspertlari, “SILA International Lawyers” xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari, Sport Arbitraj Sudining arbitrlari, Rossiyaning “Dinamo” futbol klubi ijrochi direktori hamda “Zenit” futbol klubining yuridik departamenti rahbari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi:

“Sport huquqshunosligi boʻyicha o‘tkazilayotgan seminarni tashkil etishda ko‘maklashgan xalqaro tashkilotlar hamda spikerlarga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Markaziy Osiyoda yuqori malakali futbol mutaxassislari juda ko‘p va ular o‘z professional darajasini oshirib borishni istashadi. Ushbu seminar barcha uchun juda foydali bo‘lishiga va mintaqamizda futbol rivojiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz. Kelajakda klublarimiz huquqshunoslari shartnomalar tuzishda, xalqaro huquqiy hujjatlar rasmiylashtirishda yuqori standartlarga mos faoliyat olib borishiga yordam beradi”, dedi Ravshan Irmatov.

O‘z navbatida, Osiyo futbolidagi yangi talab va tashabbuslar haqida OFK Yuridik qo‘mitasi raisi oʻrinbosari Oybek Kasimov to‘xtalib o‘tdi. Seminarda hududiy assotsiatsiyalar hamda professional klublar vakillari ishtirok etib, kerakli ma‘lumotlarga ega bo‘lishdi.

27