Free ebooks Library zlibrary project

Toshkent shahrida 25-martdan 30-martga qadar O‘FAning “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslari tashkil etildi.

O’FA Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida o’tgan ushbu kursda instruktorlik vazifasini Server Jeparov bajardi va unga Rustam Qurbanbayev assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Qudratullayev faoliyat olib bordi. Mazkur kursda 20 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi.

O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O‘FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritdi.