Free ebooks Library zlibrary project

Toshkent shahrida FIFAning Xalqaro instruktorlar oʻquv kursiga start berildi. Kurs jarayonini FIFA instruktori Muhammad Bashir olib bormoqda. Unga Islom Ahmedov, Svetlana Kashuba va Roshen Meredov assistentlik qilyapti. Koordinator vazifasi esa Daniel Leon va Dilmuhammad Abdullayevga topshirilgan.

Mazkur kursda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiz Respublikasi va Tojikistondan umumiy 20 nafar instruktor ta’lim olmoqda. 5 kun davom etadigan seminarlar davomida nazariy va amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtadi. Xalqaro instruktorlar kurslari ochilishida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etib, FIFA tomonidan ilgari surilayotgan zamonaviy futbol tendensiyalarning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.