Free ebooks Library zlibrary project

2024-yilgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma taqdim etadigan U23 Osiyo kubogi bahslariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida 2000-2001 yillarda tug’ilgan futbolchilardan iborat O’zbekiston U21 yoshlar terma jamoasi tashkil etildi.

Bosh murabbiy Timur Kapadze qo’l ostidagi mazkur jamoa vakillari Ukraina poytaxti Kiyev shahrida o’tadigan xalqaro turnirga taklif etildi.

An’anaviy Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniri joriy yilning 25-29 may kunlari bo’lib o’tadi. Ushbu musobaqada O’zbekiston U21 terma jamoasi bilan birgalikda Ozarbayjon, Tunis va Ukraina yoshlari ishtirok etadi. 26-may kuni O’zbekiston vakillari yarim final uchrashuvida Tunis U21 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Final va 3-o’rin uchun bo’lib o’tadigan bahslar 28-may sanasida “Obolon-Arena” maydonida o’tkaziladi. Sovrinli o’rinlar bilan bir qatorda, turnir davomida o’z mahorati va salohiyatini ko’rsata olgan futbolchilarga “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi yarimhimoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” maxsus sovrinlari topshiriladi.