Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Avval xabar berganimizdek, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida OʻFA qoshida Tibbiy qoʻmita tashkil etildi.

Bugun mazkur qoʻmita boshchiligida hududiy bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalarining tibbiy xodimlari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi.

Anjumanda ishtirok etgan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbol tibbiyotini tizimli rivojlantirish, ushbu sohadagi barcha mutaxassislar malakasini oshirish va ular faoliyatini mukammallashtirish borasida qilinishi kerak boʻlgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

“Bugungi kunda tibbiyot sohasiga toʻgʻri yondashish sportdagi muvaffaqiyatning asosiy qismini tashkil etadi. Tibbiyot mutaxassislari murabbiylarning eng yaqin yordamchilari, xorijda bu tizim juda aniq ishlaydi. Eng obroʻli murabbiylar ham jamoa shifokorlari bilan hisoblashib ish koʻrishadi. Aynan oʻzimiz ham mana shunday tizimni, ilmiy-tahliliy yondashuvni toʻgʻri yoʻlga qoʻysa olsak, kelajakda — katta turnirlarda bu borada bizda muammolar boʻlmaydi. Endilikda sport tibbiyoti yoʻnalishiga eʼtibor har galgidan oʻzgaradi”, dedi Ravshan Ermatov.

Konstruktiv ruhda kechgan mazkur anjumanda futbolimiz kelajagi boʻlmish yosh futbolchilar unib-oʻsayotgan akademiyalarda malakali tibbiy xizmatni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning jismonan sogʻlom va baquvvat boʻlishida toʻlaqonli ovqatlanish va zarur vitaminizatsiyani qanday yoʻlga qoʻyish, tibbiy koʻrikni tashkil qilish kabi masalalar qatorida, kelajakda yuksak marralarni moʻljal olgan yoshlarimizni ona Vatanga sodiq, qalbida ushbu millatdan faxr va iftixor tuyish ruhida tarbiyalash yoʻlida tibbiy xodimning oʻrni va asosiy vazifalari belgilab berildi.

Barcha ishtirokchilarga tibbiy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan, akademiya shifokorlarining ishlarini muvofiqlashtiruvchi “Tibbiy qoʻllanma” taqdim etildi. Shuningdek, yigʻilish davomida mutaxassislar fikrlari tinglanib, qisqa muddat ichida amalga oshirilgan bir qator ishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.