Free ebooks Library zlibrary project

Mamlakatimizda 2021-yilgi futbol mavsumi oʻz nihoyasiga yetib bormoqda. Barcha rasmiy musobaqalar yakunlanib, yil sarhisobini amalga oshiradigan payt ham borgan sayin yaqinlashmoqda.

Ortda qolayotgan yil hech shubhasiz oʻzbek futboli tarixida oʻz izini qoldiradi. 2021-yil mobaynida turli yoshdagi terma jamoalarimiz, shuningdek yurtimiz shaʼnini xalqaro maydonda himoya qilgan klublarimiz koʻplab yodda qolarli uchrashuvlarni oʻtkazishdi, Coca-Cola Superliga, mamlakat kubogi va boshqa koʻplab ichki musobaqalarimiz juda shiddatli va murosasiz oʻyinlarga boy boʻlgani hamda kurash oxirgi turlarga qadar davom etgani bilan uzoq vaqt xotiramizda qoladi.

Yil davomida oʻzini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi eʼtirofiga sazovor boʻlgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana koʻplab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida OʻFA hamda OʻzPFL mavsum yakunlariga bagʻishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – “UZ Football Awards” tadbirini oʻtkazadi.

“UZ Football Awards” marosimi joriy yilning 25-dekabr kuni ZOʻR TV ning “Renaissance Hall” tantanalar zalida boʻlib oʻtadi.