Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Navbahor lochinlari” — “Olimpik”

Oʻzbekiston Superligasining 23-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Olimpik” jamoalari oʻrtasidagi bahs yakunlanganidan soʻng mehmonlar murabbiyi Artyom Davletov hakamlar brigadasi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Artyom Davletovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor” — “Surxon”

Oʻzbekiston Superligasining 24-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” — “Surxon” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 65-daqiqasida mezbonlar vakili Farruh Ikromov gol kiritgach raqib jamoa muxlislari oʻtirgan sektor panjarasiga chiqib, provokatsion harakatlar qilgan. Bosh hakam ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab boʻlgan mazkur harakatni qizil kartochka bilan jazolagan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farruh Ikromovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Qoʻqon-1912”

Oʻzbekiston Superligasining 24-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Qoʻqon-1912” jamoalari oʻrtasidagi bahs yakunlanganidan soʻng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, uchrashuvning 90+1 daqiqasida “Qoʻqon-1912” futbolchisi Murod Xolmuhammedov “VAR” hakami shaʼniga haqoratli soʻzlar aytgan va u ham maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Qoʻqon-1912” bosh murabbiyi Davron Fayziyevga nisbatan 3 ta,  futbolchi Murod Xolmuhammedov nisbatan esa 2 ta oʻyinga chetlatish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — AGMK

Oʻzbekiston Superligasining 26-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — AGMK jamoalari oʻrtasidagi bahsning 9-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Artyom Filiposyan tirsagi bilan raqibining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Artyom Filiposyanga (AGMK) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor” — “Paxtakor”

Oʻzbekiston Superligasining 26-turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv — “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari oʻrtasidagi oʻyinning 82-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Abdulloh Omonaliyev raqibining oyoq qismiga qoʻpol tarzda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulloh Omonaliyevga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Bundan tashqari, mazkur uchrashuv mobaynida “Paxtakor” jamoasi muxlislari tomonidan “Navbahor lochinlari” va “Nasaf” klubi shaʼnini kamsituvchi banner koʻtarilgan. Bu holat teletranslyatsiya vaqtida efir orqali namoyish qilingan.

OʻFA Intizom kodeksiga binoan, jamoa ishqibozlari tomonidan kamsitish tusiga ega matnlar tushirilgan banner namoyish qilinsa, ishqibozlar muxlislik qilgan klubga nisbatan sanksiyalar qoʻllanishi belgilab qoʻyilgan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Paxtakor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Pro liga

“Shoʻrtan” — “Zomin boʻrilari”

Pro liganing 23-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Zomin boʻrilari” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 20-daqiqasida “Zomin boʻrilari” maʼmuri Berdiyor Maʼmurov oʻz futbolchilari shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Berdiyor Maʼmurovga (“Zomin boʻrilari”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro” — “Andijon”

Pro liganing 26-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Andijon” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Ahror Inoyatov raqib oʻyinchisiga nisbatan qoʻpol zarba bergani uchun maydondan chetlashtiriladi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ahror Inoyatovga (“Andijon”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Shoʻrtan” — “Gʻijduvon”

Pro liganing 26-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Gʻijduvon” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+5-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asiljon Mansurov yiqilib tushadi, raqibi esa unga qoʻl uzatadi. Ushbu holatda Mansurov raqibiga qoʻli bilan zarba beradi va maydondan chetlashtiriladi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asiljon Mansurovga (“Gʻijduvon”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Birinchi liga

“Paxtakor-79” — “Yunired”

Birinchi liga 24-turidan oʻrin olgan “Paxtakor-79” — “Yunired” uchrashuvining 20-daqiqasida “Paxtakor-79” darvozaboni Abraham Odonkor raqib jamoasi futbolchisi bilan birga bir vaziyatda oyogʻining tag qismi bilan uning koʻkrak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abraham Odonkorga (“Paxtakor-79”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf farm” — “Andijon-2”

Birinchi liganing 25-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Andijon-2” uchrashuvining birinchi boʻlimi yakunlangandan soʻng “Nasaf farm” jamoasining futbolchisi Alpomish Mirov yordamchi hakami shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alpomish Mirovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf farm” — “Navbahor farm”

Birinchi liganing 26-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Navbahor farm” uchrashuvning 69-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasining futbolchisi Asilbek Umirzoqov bosh hakami shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan, holat boʻyicha tegishli chora koʻrish soʻralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Umirzoqovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliyev texnik zonani tark etib, bosh hakamga oʻz eʼtirozlarini qoʻpol tarzda bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eldor Moyliyevga (“Nasaf farm”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yunired” — “Bunyodkor farm”

Birinchi liganing 26-turi doirasidagi “Yunired” — “Bunyodkor farm” uchrashuvning 54-daqiqasida “Yunired” klubining futbolchisi Asomiddin Mamatov hamda “Bunyodkor Farm” jamoasining futbolchisi Bek Abdullayevlar bir-birlarini shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asomiddin Mamatov (“Yunired”) va Bek Abdullayevning (“Bunyodkor farm”) har ikkisiga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf farm” — “Qizilqum farm”

Birinchi liganing 27-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Qizilqum farm” uchrashuvning 57-daqiqasida “Qizilqum farm” futbolchisi Olloyorxon Raupov zaxira oʻrindigʻida turgan holda bosh hakami shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Olloyorxon Raupovga (“Qizilqum farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Doʻstlik-Oltiariq” — “Shahrixonchi”

Birinchi liganing 28-turi doirasidagi “Doʻstlik-Oltiariq” — “Shahrixonchi” uchrashuvning 54-daqiqasida “Shahrixonchi” klubining futbolchisi Jamshid Qobulov oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jamshid Qobulovga (“Shahrixonchi) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor farm” — “Andijon II”

Birinchi liganing 28-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Andijon II” uchrashuvning 45+2-daqiqasida “Navbahor farm” jamoasining bosh murabbiyi Rashidjon Gʻofurov texnik zonasini tark etib, raqib jamoasining texnik zonasiga kirgani hamda provokatsion harakatlar qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rashidjon Gʻofurovga (“Navbahor farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor-79” — “Nasaf farm”

Birinchi liganing 28-turi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Nasaf farm” uchrashuvining 79-daqiqasida “Paxtakor-79” klubining futbolchisi Julius Anani raqib futbolchisining bel qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Julius Ananiga (“Paxtakor-79”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-21 chempionati

“Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21”

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21” uchrashuvning 45-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Doniyorbek Mirzaqayumov tirsak qismi bilan raqib oʻyinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Doniyorbek Mirzaqayumovga (“Navbahor lochinlari U-21”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK U-21 — “Dinamo plyus U-21”

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi AGMK U-21 — “Dinamo plyus U-21” uchrashuvining 55-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Abdulaziz Abdurazzoqov raqib oʻyinchisini oyoq qismiga tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulaziz Abdurazzoqovga (“Dinamo plyus U-21”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi U-21” — AGMK U-21

U-21 chempionatining 24-turi doirasidagi “Neftchi U-21” — AGMK U-21 uchrashuvining 86-daqiqasida “Neftchi U-21” murabbiyi Aziz Alijonov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aziz Alijonovga (“Neftchi U-21”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi U-21” — “Surxon U-21”

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Neftchi U-21” — “Surxon U-21” uchrashuvi yakunlangandan soʻng mezbonlar futbolchilari Jasurbek Toʻxtasinov hamda Saidolimxon Saidahrorxoʻjayev hakamlar brigadasining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Surxon U-21” futbolchilari Jasurbek Toʻxtasinov va Saidolimxon Saidahrorxoʻjayevning har ikkisiga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Ayollar futboli. Oliy liga

“Neftchi-W” — “Metallurg-W”

Ayollar Oliy ligasining 22-turi doirasidagi “Neftchi-W” — “Metallurg-W” uchrashuvining 88-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sitoraxon Nishonova raqib jamoasi futbolchisini tepgan. “Metallurg-W” jamoasi futbolchisi Rushona Saydabbosova ham raqibiga javoban zarba bergan. Bosh hakam har ikkala futbolchi maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sitoraxon Nishonova (“Neftchi-W”) va Rushona Saydabbosovaning (“Metallurg-W”) har ikkisiga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Futzal. Oliy liga

AGMK — “Nasaf”

Futzal Oliy ligasining 3-turi doirasidagi AGMK — “Nasaf” uchrashuvining 33-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Xurshid Rahmonov oʻyin toʻxtatilgan vaqtda oʻzini agressiv tutib, raqib futbolchisini tepmoqchi boʻlgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvda AGMK jamoasi futbolchisi Abbosbek Oʻlmasbekov raqib jamoasi futbolchisiga javoban boʻyin qismidan uni boʻgʻganligi uchun oʻyindan chetlashtirilgan.

Bundan tashqari, AGMK murabbiyi Nikolay Odushov hakamning qaroriga norozilik bildirib, tajovuzkor harakat qilgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, AGMK vakillari Abbosbek Oʻlmasbekov, Nikolay Odushov hamda “Nasaf” futzalchisi Xurshid Rahmonovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Maksam Chirchiq” — “Bunyodkor”

Futzal Oliy ligasining 3-turi doirasidagi “Maksam Chirchiq” — “Bunyodkor” uchrashuvining 40-daqiqasida mehmonlar vakili Jasur Sodiqov ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlashtirilgan va uchrashuv yakunlangandan soʻng hakamlar brigadasi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Sodiqovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“BMB” — “Lokomotiv”

Futzal Oliy ligasining 3-turi doirasidagi “BMB” — “Lokomotiv” uchrashuvining 39-daqiqasida mezbonlar vakili Davron Choriyev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda qoʻlining kaft qismi bilan raqib jamoasi futbolchisining yuz qismiga zarba bergan. Bosh hakam mazkur vaziyat uchun uni maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Davron Choriyevga (“BMB”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.