Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

“Neftchi” — “Paxtakor”

Oʻzbekiston Superligasining 15-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Paxtakor” bahsida mezbonlar vakili Sunatillo Abdujalolov raqib oʻyinchisining boldir mushagiga oyogʻining tag qismi bilan kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sunatillo Abdujalolovga (“Neftchi”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor” — “Olimpik”

Oʻzbekiston Superligasining 16-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Olimpik” bahsida mehmonlar vakili Nodir Abduholiqov raqibining toʻpigʻiga oyogʻining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nodir Abduholiqovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Turon”

Oʻzbekiston kubogi doirasidagi “Andijon” — “Turon” bahsining 57-daqiqasida mehmonlar vakili Xumoyun Murtozoyev urilgan golni nishonlash paytida muxlislar qarshisida axloq qoidalariga zid, nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xumoyun Murtozoyevga (“Turon”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Olimpik” — “Navbahor lochinlari”

Oʻzbekiston kubogining 1/8 bosqichi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” bahsida mehmonlar maʼmuri Abror Karimov oʻyin qaydnomasiga kiritilmagan boʻlsa ham, OʻzPFL komissarining eʼtiroziga qaramasdan texnik zonaning oʻrindigʻida oʻtirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abror Karimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Turon”

Pro liganing 15-turidan oʻrin olgan “Andijon” — “Turon” bahsida mezbonlar futbolchisi Milochko Goran urilgan golni nishonlash paytida muxlislar qarshisida axloq qoidalariga zid, nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Milochko Goranga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Gʻijduvon” — “Mashʼal”

Pro liganing 15-turidan oʻrin olgan “Gʻijduvon” — “Mashʼal” uchrashuvi yakunlanganidan soʻng “Mashʼal” jamoasi bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev maydon markaziga chiqib, hakamlar brigadasi tomon oʻz eʼtirozlarini qoʻpol ravishda bildirgan. Shuningdek, uchrashuv komissarining ruxsatisiz hakamlar xonasiga kirib, hakamlar shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilyaver Vaniyevga (“Mashʼal”) nisbatan 1 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Doʻstlik Toshkent” — “Yunired”

Birinchi liga 15-turidan oʻrin olgan “Doʻstlik Toshkent” — “Yunired” uchrashuvining 49-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Nurbek Botirov toʻp maydonda boʻlgan vaqtda raqib oʻyinchisining oyoq qismiga ataylab zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nurbek Botirovga (“Doʻstlik Toshkent”) nisbatan 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor-farm” — “Nasaf-farm”

Birinchi liga 15-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor-farm” — “Nasaf-farm” uchrashuvining 67-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Farhod Oʻtkirov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farhod Oʻtkirovga (“Bunyodkor-farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Metallurg”

U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon” — Metallurg bahsining 73-daqiqasida mehmonlar vakili Ravshan Xayrullayev raqib futbolchisining yuz qismiga mushti bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ravshan Xayrullayevga (“Metallurg”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro” — “Nasaf”

U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf”
bahsi yakunlanganidan soʻng mehmonlar vakili Ulugʻbek Oʻrinboyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ulugʻbek Oʻrinboyevga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Zomin” — “Bunyodkor”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Zomin” — “Bunyodkor” bahsining 82-daqiqasida “Zomin” klubi futbolchisi Umidjon Murodov raqibining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Umidjon Murodovga (“Zomin”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Dinamo plyus”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Dinamo plyus” bahsining 19-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Azizbek Axmedov raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga oyogʻining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Azizbek Axmedovga (“Dinamo plyus”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor” — “Buxoro”

U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Buxoro” bahsining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Farruh Ibodov raqib futbolchisining toʻpigʻiga oyogʻining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, oʻyinning 68-daqiqasida “Buxoro”ning yana bir vakili Sobitjon Joʻrayev raqib futbolchisi oyogʻining old qismini bosgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farruh Ibodov va Sobitjon Joʻrayevga (har ikkisi “Buxoro”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlar-W” — “Paxtakor-W”

Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasining 14-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlar-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvining 74-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Marxabo Joʻraboyeva butsasining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining son qismiga qoʻpol ravishda zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Marxabo Joʻraboyevaga (“Navbahor lochinlar-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon-W” — “Surxon-W”

Oʻzbekiston ayollar Birinchi ligasining 8-turidan oʻrin olgan

“Andijon-W” — “Surxon-W” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Ruxshona Ubaydullayeva oʻyin toʻxtatilgan vaqtda raqibini tepganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, “Andijon-W”ning yana bir futbolchisi Komila Xudoyberdiyeva raqib oʻyinchilariga qaratib yelim idish uloqtirib, tartibsizlik chiqargan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ruxshona Ubaydullayevaga nisbatan 3 ta oʻyinga, Komila Xudoyberdiyevaga (har ikkisi “Andijon-W”) nisbatan esa 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.