Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

AGMK — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 14-turidan oʻrin olgan AGMK — “Metallurg” bahsida mezbonlar vakili Sardor Rahmonov raqibining toʻpigʻiga oyogʻining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Rahmonovga (AGMK) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Bunyodkor”

Oʻzbekiston Superligasining 14-turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv “Soʻgʻdiyona” — “Bunyodkor” oʻyinida mehmonlar vakili Davron Ergashev raqib bilan kurashda raqib oyogʻining himoyalanmagan qismiga butsasining tag qismi bilan sakrab zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda Ergashevni maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Davron Ergashevga (“Bunyodkor”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Neftchi”

Oʻzbekiston Superligasining 14-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Neftchi” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Abbosjon Gʻulomov raqib tizza qismiga toʻpsiz vaziyatda oyogʻining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abbosjon Gʻulomovga (“Neftchi”) nisbatan 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Surxon”

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 5-tur doirasidagi “Nasaf” — “Surxon” bahsida mehmonlarning yordamchi murabbiyi Migel Alvarez texnik zonada uchrashuv translyatsiyasini planshet orqali kuzatib borib, bosh hakam qarorlariga shu orqali ketma ket eʼtiroz bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Migel Alvarez Sanchezga (“Surxon”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Paxtakor”

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Paxtakor” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Odiljon Hamrobekov raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Odiljon Hamrobekovga (“Paxtakor”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Nasaf”

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi “Dinamo” — “Nasaf” bahsida mezbonlarning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi Anatoliy Kurlayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Anatoliy Kurlayevga (“Dinamo”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf-farm” — “Paxtakor-79”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Nasaf-farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Javohir Jumayev raqibiga nisbatan qoʻlining tirsak qismi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Jumayevga (“Nasaf-farm”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv BFK” — “Chigʻatoy”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv BFK” — “Chigʻatoy” bahsida mehmonlar murabbiyi Dmitriy Kim bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dmitriy Kimga (“Chigʻatoy”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK — “Metallurg”

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi AGMK — Metallurg bahsining 64-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sarvar Ablayev tajovuzkor xatti-harakati bilan raqib oʻyinchisiga qoʻpollik ishlatgan. U raqibining tizza qismiga butsasining yuz qismi bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sarvar Ablayevga (AGMK) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Olimpik”

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Surxon” — “Olimpik” uchrashuvida mehmonlar vakili Sunnatilloh Hamidjonov raqib futbolchisining yuz qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sunnatilloh Hamidjonovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Turon” — “Qoʻqon-1912”

U-19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Turon” — “Qoʻqon-1912” bahsida mezbonlar vakillari Otabek Ageyev va Ruslan Mahkamov hamda mehmonlar futbolchisi Xabibulloh Sharipovlar oʻrtasida mushtlashuv yuz bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Otabek Ageyev va Ruslan Mahkamov (har ikkisi “Turon”) hamda Xabibulloh Sharipovga (“Qoʻqon-1912”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor” — AGMK

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — AGMK uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Ruslan Gamadeyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ruslan Gamadeyevga (AGMK) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Qizilqum”

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Qizilqum” bahsida mehmonlar futbolchisi Azim Toshpoʻlatov hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Azim Toshpoʻlatovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv” — “Mashʼal”

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” — “Mashʼal” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Norqobilov raqib futbolchisi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirjalol Norqobilovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Shoʻrtan”

U-19 chempionatining 11-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Shoʻrtan” bahsida mezbonlar futbolchisi Asilbek Qoʻziboyev raqibi Bobur Hamroyev bilan ogʻzaki janjalga kirishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Qoʻziboyev (“Nasaf”) va Bobur Hamroyev (“Shoʻrtan”)ga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum-W” — “Navbahor lochinlar-W”

Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasining 12-turidan oʻrin olgan “Qizilqum-W” — “Navbahor lochinlar-W” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Fotima Uraimjonova raqib oʻyinchisining oyoq qismiga qasddan zarba berdi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fotima Uraimjonovaga (“Navbahor lochinlar-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.