Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“So‘g‘diyona” — “Andijon”

Superliganing 22-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Andijon” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘pig‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farxodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Andijon”

Superliganing 22-turi doirasidagi Uchrashuv yakunlangandan so‘ng, “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi E. Orifov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani qayd qilingan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Elyor Orifovga (So‘g‘diyona) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Bunyodkor”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Olimpik” — “Bunyodkor” uchrashuvining 8-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi S. Izzatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini to‘piq qismini qasddan bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Suxrob Izzatovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvining 8-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi I. Shayqulov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Iskandar Shayqulovga (Metallurg) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvining 39-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi M. Jo‘raboyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘i bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Maxmud Jo‘raboyevga (Buxoro) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga
“Gʻijduvon” — “Xorazm”

Pro liganing 20-turi doirasidagi “Gʻijduvon” — “Xorazm” uchrashuvining 42-daqiqasida “Gʻijduvon” futbol klubi futbolchisi B. Jo‘raqulov mushti bilan raqib o‘yinchisini yuz qismiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bobur Jo‘raqulovga (Gʻijduvon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS” — “Navbahor farm”

Pro liganing 21-turi doirasidagi “Andijon SGS” — “Navbahor farm” uchrashuvining 40-daqiqasida “Andijon SGS” futbol klubi futbolchisi F. Zuxriddinov bosh qismi bilan ataylab raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, F. Zuxriddinovga (Andijon SGS) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Metallurg U21” — “Buxoro U21”

U21 chempionatining 22-turi doirasidagi “Metallurg U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi B. Turayev raqib o‘yinchisining bo‘yin qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Behruz To‘rayevga (Buxoro U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchilik Kubogi
“Jizzax” — “Paxtakor-79”

Birinchilik Kubogining 1-turi doirasidagi “Jizzax” — “Paxtakor-79” uchrashuvida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi X. Matyoqubov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisini yuz qismiga to‘pni atayin tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xabibulla Matyoqubovga (Paxtakor-79) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati
“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U19” jamoasi futbolchisi Bekzodbek Sulaymonov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda boshi bilan raqib o‘yinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgani, maydondan chiqib ketayotgan vaqtda raqib o‘yinchisini yuz qismiga musht bilan zarba bergani, shuningdek maydonni tark etib ketayotgan raqib jamoa futbolchisini yuz qismiga musht bilan zarba berib, bo‘g‘ib tajavuzkor xarakatlar qilgani, tartibsizliklar va janjalli vaziyatlarni vujudga keltirgani bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bekzodbek Sulaymonovga (Andijon SGS U19) nisbatan O‘FA Intizom kodeksining 5,6., 5.45-bandining “d”, “i”, “k”, “p”, “s” qismlariga asosan 2 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U19” jamoasi futbolchisi Sh. Iminjonov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisini tepib o‘zini tajovuzkor tutganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shoxruxmirzo Iminjonovga (Andijon SGS U19) nisbatan 7 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U19” jamoasi futbolchisi R. Omonboyev o‘yin to‘xtatilgan vaqtda qo‘li bilan raqib o‘yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ravshan Omonboyevga (Andijon SGS U19) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U19” jamoasi darvozaboni Abdumo‘min Nurmuxammadov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisini tepib, o‘zini tajovuzkor tutganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdumo‘min Nurmuxammadovga (Andijon SGS U19) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U19” jamoasidagi U19 chempionatining 22-turida bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olib chetlashtirilgan, futbolchisi Xojiakbar Qoraboyev o‘yin to‘xtatilgan vaqtda maydon tashqarisidan maydonga tushib, raqib o‘yinchisini yuz qismiga musht bilan zarba bergani xamda o‘zini tajovuzkor tutgani holati bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xojiakbar Qoraboyevga (Andijon SGS U19) nisbatan 10 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Neftchi U19” jamoasi futbolchisi X. Umirzoqov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisi unga nisbatan o‘zini tajovuzkor tutib, tepganidan so‘ng X. Umirzoqov ham unga javoban qo‘li bilan zarba bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xusanboy Umirzoqovga (Neftchi U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Neftchi U19” jamoasi futbolchisi Martavali Turg‘unov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisini tepib, o‘zini tajovuzkor tutgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Martavali Turg‘unovga (Neftchi U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon SGS U19” — “Neftchi U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U19” jamoasi futbolchisi Sh. Muxitdinnov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda qo‘li bilan raqib o‘yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shamshot Muxitdinovga (Andijon SGS U19) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor U19” — “Nasaf U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Paxtakor U19” — “Nasaf U19” uchrashuvining 51-daqiqasida “Paxtakor U19” jamoasi futbolchisi D. Ni raqib o‘yinchisining bosh qismiga qo‘lining kafti bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Danila Niga (Paxtakor U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor U19” — “Nasaf U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Paxtakor U19” — “Nasaf U19” uchrashuvining 54-daqiqasida “Nasaf U19” jamoasi futbolchisi J. Ubaydullayev to‘p uchun kurash vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javoxir Ubaydullayevga (Nasaf U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U19” — “Olimpik U19”

U19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Surxon U19” — “Olimpik U19” uchrashuvining 38-daqiqasida “Surxon U19” jamoasi futbolchisi D. Zoirov to‘psiz vaziyatda ataylab raqib o‘yinchisini tepganligi hamda raqib o‘yinchisi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Doston Zoirovga (Surxon U19) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U19 chempionatining 21-turi doirasidagi “Buxoro U19” — “Mash’al U19” uchrashuvining 39-daqiqasida “Mash’al U19” jamoasi futbolchisi S. Parmonqulov to‘p uchun kurashish vaqtida qo‘lning tirsagi bilan raqib o‘yinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Suhrobjon Parmonqulovga (Mash’al U19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor farm” — “Yunired”

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.27-bandida texnik zonada tamaki va boshqa turdagi mahsulotlarni chekish taqiqlangan bo‘lsa-da, Pro liganing 19-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Yunired” uchrashuvida “Yunired” futbol klubi tahlilchisi I. Jabborov texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ilxom Jabborovga (Yunired) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor U19” — “Buxoro U19”

U19 Chempionatining 24-turi doirasidagi “Navbahor U19” — “Buxoro U19” uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan kunda “Buxoro U19” jamoasi mazkur uchrashuvga kelmagani uchun “Buxoro U19” jamoasiga texnik mag‘lubiyat qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Buxoro” futbol klubi “Buxoro U19” jamoasini musobaqa doirasidagi belgilangan uchrashuvdagi ishtirokini ta’minlamagani uchun futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi. O‘FA Intizom kodeksining 5.3-bandiga asosan “Buxoro” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Futzal Oliy ligasi
“Maksam-Chirchiq” — “Nasaf futzal”

Futzal bo‘yicha Oliy liganing 1-turi doirasidagi “Maksam-Chirchiq” — “Nasaf futzal” uchrashuvining 40-daqiqasida “Nasaf futzal” jamoasining futbolchisi J. Raxmatullayev bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jamshid Raxmatullayevga (Nasaf futzal) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor futzal” — “Oil Star”

Futzal bo‘yicha Oliy liganing 1-turi doirasidagi “Paxtakor futzal” — “Oil Star” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 26-daqiqasida “Oil Star” jamoasining futbolchisi A. Umarov to‘p uchun kurashish vaqtida raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Artur Umarovga (Oil Star) nisbatan nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!