LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Metallurg” — “Nasaf”

Superliganing 10-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” uchrashuvning 86-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Mateus Lima Kruz raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mateus Lima Kruzga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

OKMK — “Andijon”

Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Andijon” futbol klubi futbolchisi Eldor Adxamov tribuna osti yoʻlakchasida xavfsizlik tartibiga rioya qilmasdan, jamoat tartibini saqlash uchun masʼul boʻlgan xodimlarga nisbatan hurmatsizlik qilib, provokatsion harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eldor Adxamovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Metallurg”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvning 12-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Ergash Ismoilov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyogʻiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Oʻyinning 25-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Kamron Saidazimov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ergash Ismoilovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Kamron Saidazimovga (“Surxon”) nisbatan esa 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Olimpik”

Superliganing 10-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Olimpik” uchrashuvning 44-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Ifeani Ifeani toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini tana qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ifeani Ifeaniga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Turon”

Superliganing 12-turi doirasidagi “Andijon” — “Turon” uchrashuvning 34-daqiqasida “Turon” klubi futbolchisi Bilolxon Toshmirzayevga koʻrsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan OʻzFHMning Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

 

Oʻzbekiston kubogi

“Qizilqum” — “Lokomotiv”

Oʻzbekiston Kubogining 2-guruh bosqichi doirasidagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” uchrashuvning 11-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Humoyun Abdualimov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Humoyun Abdualimovga (“Qizilqum”) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Pro liga

“Dinamo plyus” — “Qoʻqon-1912”

Pro liganing 9-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Qoʻqon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Nizamitdinov oʻyindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, notoʻgʻri maʼlumotlar berib, raqib jamoaga hamda muxlislarga hurmatsizlik qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muxsin Nizamitdinovga (“Qoʻqon-1912”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi

“Lokomotiv” — “Mashʼal”

Pro liganing 9-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Mashʼal” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Lokomotiv” futbolchisi Marat Bikmayev hamda “Mashʼal” futbolchisi Otar Javashvili bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, mushtlashib ketgani hamda ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Marat Bikmayev va Otar Javashviliga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Shoʻrtan” — “Xorazm”

Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “Shoʻrtan” — “Xorazm” uchrashuvning 33-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Yunusov raqib oʻyinchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan hamda uchrashuv yakunlangandan bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hojiakbar Yunusovga (“Shoʻrtan”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Gʻijduvon” — “Dinamo plyus”

Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “Gʻijduvon” — “Dinamo plyus” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulov zaxira oʻrindigʻidan turib, yordamchi hakamga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, yelim idish uloqtirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hazratjon Tursunqulovga (“Dinamo plyus”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Birinchi liga

“Nasaf farm” — “Olimpik farm”

Birinchi liga musobaqasining 4-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Olimpik farm” uchrashuvning 19-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Jahongir Shermatov raqib oʻyinchisining yuz qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jahongir Shermatovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yangiyoʻl” — “Shahrixonchi”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyoʻl” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Saidibrohim Gʻulomjonov toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini son qismiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Saidibrohim Gʻulomjonovga (“Shahrixonchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvining 75-daqiqasida “Yangiyer quruvchi” jamoasi futbolchisi Xurshid Asqaraliyev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda zaxira oʻrindigʻini tark etib, maydonga chiqqan holda raqib oʻyinchisini boʻyin qismidan boʻgʻib, tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xurshid Asqaraliyevga (“Yangiyer quruvchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf farm” — “Paxtakor-79”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvning 56-daqiqasida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi Shohruhmirzo Ahmadaliyev raqib oʻyinchisining yelka qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohruhmirzo Ahmadaliyevga (“Paxtakor-79”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qumqoʻrgʻon-1977” — “Lokomotiv BFK”

Birinchi liga musobaqasining 7-turi doirasidagi “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qumqoʻrgʻon-1977” jamoasi futbolchisi Ovolabi Shola toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini koʻkrak qismiga bosh bilan qasddan zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ovolabi Sholaga (“Qumqoʻrgʻon-1977”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyer quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvi boʻyicha video-material kelib tushgan. Unga koʻra, uchrashuvning 75-daqiqasida “Olimpiya” jamoasi futbolchisi Muhammad Mansurov oʻyin vaqtida toʻpni atayin qoʻlga olib, raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilib ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammad Mansurovga (“Olimpiya”) nisbatan mazkur qaror chiqqan kundan boshlab 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-19 chempionati

“Turon U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Turon U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 71-daqiqasida “Turon U-19” jamoasi futbolchisi Samandar Sodiqov hamda “Neftchi” jamoasi futbolchisi Martavali Turgʻunovlar bir-birlarini boʻyin qismidan boʻgʻib tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Samandar Sodiqov (“Turon U-19”) va Martavali Turgʻunovga (“Neftchi U-19”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Gʻijduvon U-19” — “Buxoro U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Gʻijduvon U-19” — “Buxoro U-19” uchrashuvning 71-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Muhammad Muhammadiyev bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammad Muhammadiyevga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19” uchrashuvning 82-daqiqasida “Metallurg U-19” jamoasi futbolchisi Muhammadyusuf Orifjonov ikkinchi sariq kartochka olgan va hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgan. Oʻyinning 90+4-daqiqasiga kelib “Metallurg U-19” klubi murabbiyi Dilshod Navruzov ham bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadyusuf Orifjonovga va Dilshod Navruzovga (“Metallurg U-19”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19” uchrashuvning 85-daqiqasida “Bunyodkor U-19” jamoasi murabbiyi Timur Boboxonov texnik zonani tark etib, yordamchi hakamga eʼtiroz bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Timur Boboxonovga (“Bunyodkor U-19”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Ayollar Oliy ligasi

“OKMK-W” — “Soʻgʻdiyona-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “OKMK-W” — “Soʻgʻdiyona-W” uchrashuvining 64-daqiqasida “Soʻgʻdiyona W” jamoasi murabbiyi Sherali Boboqulov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherali Boboqulovga (“Soʻgʻdiyona-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi-W” — “Paxtakor-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Neftchi-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Aynur Daulboyeva raqib oʻyinchisining oyogʻiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aynur Daulboyevaga (“Paxtakor-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!