Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

 

Coca-Cola Superligasi
“Surxon” — “Bunyodkor”

Oʻzbekiston Superligasining 7-turi doirasidagi “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 72-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi A.Karimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asadbek Karimovga (“Surxon”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi

“Nasaf” — “Olimpik”

Superliganing 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Olimpik” uchrashuvining 95+5 daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Sh.Toirov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shaxzod Toirovga (Olimpik) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon” — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 7-turi doirasidagi “Turon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 71-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi J.Boltaboyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jamshid Boltaboyevga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga
“Navbahor farm” — “G‘ijduvon”

Pro liganing 5-tur doirasidagi “Navbahor farm” — “G‘ijduvon” uchrashuvining 59-daqiqasida “Navbahor farm” jamoasi futbolchisi J.Xusanov hamda “G‘ijduvon” jamoasi futbolchisi A.Murodovlar to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan bir-biriga qo‘rol tarzda sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Javoxir Xusanov (Navbahor farm) va Akbar Murodovga (G‘ijduvon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Navbahor farm”

Pro liganing 6-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Navbahor farm” uchrashuvining 88-daqiqasida “Navbahor farm” futbol klubining murabbiyi K.Bozorov bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Karimjon Bozorovga (Navbahor farm) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mashʼal” — “Yunired”

Pro liganing 6-turi doirasidagi “Mashʼal” — “Yunired” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Yunired” futbol klubining darvozaboni J.Jamolov yordamchi hakam shaʼniga nomaqbul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jahongir Jamolovga (Yunired) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Dinamo”

Pro liganing 7-turi doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 31-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi murabbiyi D.Sharafutdinov birinchi yordamchi hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, D.Sharafutdinovga (Dinamo plyus) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “Xorazm”
Pro liganing 8-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Xorazm” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Xorazm” jamoasi futbolchisi X.Jo‘rayev nomaqbul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xojiakbar Jo‘rayevga (Xorazm) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mashʼal” — “Andijon SGS”

Pro liganing 8-turi doirasidagi “Mashʼal” — “Andijon SGS” uchrashuvining 83-daqiqasida “Andijon SGS” jamoasi futbolchisi O.Mo‘minov bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Mo‘minovga (Andijon SGS) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi

“Paxtakor-79” — “Shaxrixonchi”

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Shaxrixonchi” uchrashuvining 73-daqiqasida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi E.Usmonov hamda “Shaxrixonchi” jamoasi futbolchisi U.Isroilovlar bir-birlarini bo‘yin qismidan bo‘g‘ib tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Elyor Usmonov (Paxtakor-79) va Umidjon Isroilovga (Shahrixonchi) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga
“Bunyodkor farm” — “Jizzax”

Birinchi liga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Jizzax” uchrashuvining 89-daqiqasida “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi A.Kulaxmedov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 90+5-daqiqasida esa “Jizzax” jamoasi futbolchisi N.Ibragimov urilgan golni nishonlash paytida nomaqbul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, A. Kulaxmedovga (Bunyodkor farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi. Nodirbek Ibragimovga (Jizzax) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Chig‘atoy” — “Jizzax”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Chig‘atoy” — “Jizzax” uchrashuvining 83-daqiqasida “Chig‘atoy” jamoasi futbolchisi D.Umirov hamda “Jizzax” jamoasi futbolchisi A.Malikovlar bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilgan, “Jizzax” jamoasi futbolchisi A.Malikov raqib o‘yinchisi bo‘yin qismidan bo‘g‘gandan so‘ng D.Umirov unga javoban qo‘lning musht qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Davronbek Umirovga (Chig‘atoy) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi. Azizbek Malikovga (Jizzax) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor-79” — “Lokomotiv BFK”

Birinchi liga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 84-daqiqasida “Lokomotiv BFK” jamoasi futbolchisi O‘O‘ktamov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyog‘ining orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, O‘tkirbek O‘ktamovga (Lokomotiv BFK) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Buxoro U-21” — “Neftchi U-21”

U-21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Buxoro U-21” — “Neftchi U-21” uchrashuvining 70-daqiqasida “Buxoro U-21” jamoasi futbolchisi D.Karimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Diyorbek Karimovga (Buxoro U-21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati
“Bunyodkor U-19” — “G‘ijduvon U-19”

U-19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19” — “G‘ijduvon U-19” uchrashuvining 32-daqiqasida “G‘ijduvon U-19” jamoasi futbolchisi T.Boltayev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Temirbek Boltayevga (G‘ijduvon U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“OKMK U-19” — “Andijon U-19”

U-19 chempionatining 2-turi doirasidagi “OKMK U-19” — “Andijon U-19” uchrashuvining 68-daqiqasida OKMK U-19 jamoasi futbolchisi A.Abduvaliyev raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Alisher Abduvaliyevga (OKMK U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg U-19” — “Olimpik U-19”

U-19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Metallurg U-19” — “Olimpik U-19” uchrashuvining 59-daqiqasida “Olimpik U-19” jamoasi futbolchisi B.Usmonov bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 61-daqiqasida “Olimpik U-19” jamoasi futbolchisi M.Abdurashidov bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Bilol Usmonov (Olimpik U-19) va Muxammadjon Abdurashidovga (Olimpik U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mashʼal U-19” — “Lokomotiv U-19”

U-19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Mashʼal U-19” — “Lokomotiv U-19” uchrashuvining 75-daqiqasida “Lokomotiv U-19” jamoasi futbolchisi A.Komilov raqib jamoa futbolchilariga nisbatan xaqoratli so‘zlar ishlatgan hamda “Mashʼal U-19” jamoasi futbolchisi S.Bekchanov unga javoban xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun har ikkala futbolchi maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 81-daqiqasida esa “Lokomotiv U-19” jamoasi futbolchisi J.Mubarokov sariq kartochka bilan ogohlantirilgandan so‘ng bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Azamat Komilov (Lokomotiv U-19), Sarvarbek Bekchanov (Mashʼal U-19) va Javohir Muborakovga (Lokomotiv U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm U-19” — “Mashal U-19”

U-19 chempionatining 3-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Mashal U-19” uchrashuvining 42-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi F.Toshpo‘latov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvining 90+5-daqiqasida esa “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi N.Aminov raqib futbolchisi shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Nursulton Aminov (Xorazm U-19) va Farrux Toshpo‘latovga (Mashʼal) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“OKMK” U-19 — “G‘ijduvon U-19”

U-19 chempionatining 3-turi doirasidagi “OKMK” U-19 — “G‘ijduvon U-19” uchrashuvining 83-daqiqasida “G‘ijduvon U-19” jamoasi yordamchi murabbiyi U.Qudratov ikkinchi yordamchi hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Umidjon Qudratovga (G‘ijduvon U-19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar Oliy ligasi
“Buxoro W” — “Neftchi W”

Ayollar Oliy ligasi 2-turi doirasidagi “Buxoro W” — “Neftchi W” uchrashuvining 36-daqiqasida “Neftchi W” jamoasi futbolchisi Sh.Yusupova birinchi yordamchi hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandan keyin bosh hakamning orqasidan kelib uning bosh qismiga zarba bergani, bosh hakam zarbadan so‘ng yiqilib tushgani, shuningdek, bosh hakamning yelka qismiga tepgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shaxnoza Yusupovaga (Neftchi W) nisbatan 2023 yilgi mavsumning oxiriga qadar chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi. “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg W” — “Bunyodkor W”

Ayollar Oliy ligasi 4-turi doirasidagi “Metallurg W” — “Bunyodkor W” uchrashuvining 45-daqiqasida “Bunyodkor W” jamoasi futbolchisi I.Ablyakimova bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, I.Ablyakimovaga (Bunyodkor W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Futzal Oliy ligasi
“Maksam Chirchiq” — “Lokomotiv”

Futzal Oliy ligasining 9-turi doirasidagi “Maksam Chirchiq” — “Lokomotiv” uchrashuvining 32-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi I.Mallayev raqib o‘yinchisini bo‘yin qismidan bo‘g‘ib tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ilyos Mallayevga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Futzal Birinchi ligasi
“Dizak” — “Qizilqum”

Futzal Birinchi ligasining 4-turi doirasidagi “Dizak” — “Qizilqum” uchrashuvining 8-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi B.Abduraxmonov raqib o‘yinchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Bekali Abduraxmonovga (Qizilqum) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“BMB” — “Bunyodkor”

Futzal Birinchi ligasining 9-turi doirasidagi “BMB” — “Bunyodkor” uchrashuvining 29-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi U.Zayniddinov bosh hakam shaʼniga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Umidjon Zayniddinovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!