Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

O‘zbekiston Futzal Oliy ligasining 13-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “AGMK” uchrashuvida “AGMK” futbolchisi Ilxomjon Xamroyev raqibiga zarba berishga uringanligi va tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirganligi uchun unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.

O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Mash’al” uchrashuvida “Mash’al” futbolchisi Muhammad Yuldashev uchrashuvda oyoq kiyimining tag qismi bilan raqib jamoasi futbolchining ko‘krak qismiga tepgani uchun 2 ta o‘yinga chetlashtirildi.

O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog‘ida so‘kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi. “Turon” klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliyev “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi flesh-intervyu chog‘ida o‘z fikrlarini qo‘pol tarzda bildirgani uchun Tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan jarima intizomiy chorasini belgiladi.

O‘zbekiston “U21” birinchiligi 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U21” – “So‘g‘diyona U21” uchrashuvida “Navbahor lochinlari U21” futbolchisi Islomjon Abdullahonov va “So‘g‘diyona U21” futbolchisi Nodirbek Kutuboyev o‘yin rasmiylariga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun ularga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi ko‘rildi. Shuningdek, mazkur bahsda “So‘g‘diyona U21” bosh murabbiyi Rasul Xaitov o‘zini nazorat qila olmay, maydonga tushib, raqib jamoasi va o‘z jamoasi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.