Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy o‘yinlarini Sport TVda tomosha qilishda davom etamiz.

Janubiy-sharqiy Osiyoda qolamiz. Osiyo kubogi-2007 «C» guruhi 2-turida Rauf Inileyev boshchiligidagi jamoa mezbon Malayziyaga qarshi o‘yin o‘tkazgandi.

1-turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh autsayderini ayab o‘tirmagandi. Bugun Sport telekanalida gollarga boy, yorqin o‘yin tomosha qilish imkoni bor. Tomosha qiling va kavfiyatni ko’taring.

Namoyish vaqti 8-aprel soat 22:00. Sport TVda Osiyo kubogi-2007dan o‘rin olgan  O‘zbekiston – Malayziya milliy terma jamoalari ishtirokidagi tarixiy o‘yinni tomosha qiling.