Free ebooks Library zlibrary project

Avvalroq xabar berganimizdek, O’zbekiston Superliga bahslarida ishlaydigan arbitrlar va ularga nomzod bo’lgan yosh hakamlar uchun ayni kunlarda o’quv-yig’in mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda.

Yig’in avvalida birinchi guruh hakamlar va ularning yordamchilari jismoniy tayyorgarlik bo’yicha normativ imtihonlarni topshirdi.

Mazkur normativda bosh hakamlar uchun ilk marotaba FIFAning “Yo yo” testi joriy etildi va ular ushbu testdan muvaffaqiyatli o’tdi.

Mashg’ulotlarning keyingi kunlarida hakamlar “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o’tkazilayotgan o’rtoqlik uchrashuvlarida VAR texnologiyasidan foydalangan holda o’yinlarni boshqarib bormoqda.

Shuningdek, barcha hakamlar uchun o’yin qoidalari bo’yicha nazariy mashg’ulotlar ham olib borilmoqda.