Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Jahon chempionati-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasidagi Gong Kong terma jamoasiga qarshi muhim uchrashuvlar oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Ta’kidlash mumkinki, sloveniyalik mutaxassis bu safargi yig‘inga 26 nafar futbolchini jalb etgan bo‘lsa, ularning 20 nafari Qatardagi Osiyo kubogida ham ishtirok etgan.

“Jahon chempionatining saralash uchrashuvlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o‘yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo‘q, chunki bu juda murakkab. Bunday muhim bahslar oldidan bizni kelajakda nimalar kutayotganini bilishimiz zarur. Uzoq parvozlar va qisqa vaqt davomida yetarli darajada mashg‘ulot o‘tkazmagan holda mezbon jamoaga qarshi bahs olib borish, so‘ng parvoz va bir necha kundan so‘ng yana o‘yin o‘tkazish oson bo‘lmaydi”, – deydi Katanes.

Quvonarli tomoni shundaki, Milliy jamoa sardori va Italiyaning “Kalyari” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilgan jarohatidan forig‘ bo‘lib, yana safga qaytdi.

U Italiya A Seriyasining 28-turidan o‘rin olgan “Salernitana”ga qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi va jamoasining muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Katanes, shuningdek, Hojiakbar Alijonov bilan bog‘liq vaziyatni ham eslab o‘tdi:

“Alijonov Osiyo kubogigacha bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri edi, u oxirgi bir qancha uchrashuvlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, so‘ng jarohati sababli maydonga tusha olmadi va hozir ham tarkibda emas. Shomurodov safga qaytdi, ammo biz uning jismoniy holatiga e’tibor qaratishimiz kerak”.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi doirasida Turkmanistonni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Eron bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va to‘rt ochko bilan “E” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Biroq, bosh murabbiy futbolchilar “Mong Kok” stadionida o‘tkazilishi kutilayotgan Gong Kong terma jamoasiga qarshi uchrashuvda raqibni jiddiy qabul qilishlari kerakligi to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi:

“Biz maydonda borimizni berishimiz kerak. Gong Kong Osiyo kubogida muvaffaqqiyatsiz ishtirok etgan bo‘lishi mumkin, ammo ular avvalgi uchrashuvlarga qaraganda yangilangan tarkibga ega bo‘lishlari aniq. Demak, bu bahs oson boʻlmaydi. Futbolchilarni o‘yinga jiddiy yondashishi kerakligiga ishontirish mening vazifam. Ha, biz raqibga qaraganda ustundek ko‘rinishimiz mumkin, lekin uchrashuvga tayyor bo‘lmasangiz, futbol sizga kutilmagan syurprizlarni taqdim etishi mumkin. Agar oldindagi ikki o‘yinda g‘alaba qozonsak, katta ehtimol bilan, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgan bo‘lamiz.

Uchinchi yildirki jamoani qurishda davom etyapmiz. Biz Osiyo kubogida eng yaxshi hujumchisi turnirda ishtirok etmagan yagona jamoa edik. Agar Shomurodov safda bo‘lganida uning eng kamida 4-5 ta gol urishiga ishonchim komil edi”.

Srechko Katanes shu vaqtga qadar ham Osiyoda muvaffaqqiyatli faoliyat yuritgan va Birlashgan Arab Amirliklari (2009-2011) hamda Iroq terma jamoalarini (2018-2021) boshqargan.

Uning fikricha, O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalariga munosib raqib bo‘la oladigan va, ehtimolki, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishga qodir bo‘lgan jamoaga aylandi.

“Eng katta o‘zgarish shuki, jamoa avvalgiga qaraganda umuman boshqa uslubda o‘ynamoqda. Men ba’zi futbolchilarni mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishlari kerakligiga ishontirdim. Ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonch ruhi oshgan. Shu sababli, har qanday jamoaga qarshi bahsda yaratilgan imkoniyatlarning aksariyatidan unumli foydalanmoqdamiz. Biroq himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoalarga qarshi muammolarimiz bor.

Futbolchilar men nimani istayotganimni yaxshi tushunishadi, bu juda muhim, chunki ular bilan har kuni ham birga ishlay olmayman va terma jamoaga jalb etilganlarida, ulardan nima talab qilinayotganini bilishlari muvaffaqqiyat sari katta qadamdir”, – deydi Srechko Katanes.