Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugun, 28-dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

E’tiborlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning “Tianjin Teda” klubi futbolchisi Odil Ahmedov ham bor. Bugungi tadbirda 33 yoshli futbolchi ham davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.

“Biz keyingi yillarda yaxshi an’anani yo‘lga qo‘yib, yurtdoshlarimizga mukofotlarni bayram kunida topshirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya sharoitida odamlarimizning sog‘lig‘ini asrash uchun ushbu xayrli tadbirni biroz keyinga surishga to‘g‘ri keldi. Ezgulikning kechi yo‘q, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz ko‘rishib, diydorlashib turibmiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga o‘zining yuksak ehtiromini bildirdi. O‘z o‘rnida mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.