Free ebooks Library zlibrary project

Avstraliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qiladigan ayollar futbolidagi eng yirik musobaqa JCH-2023 uchun Osiyo qit’asiga 6+2 miqdoridagi kvota ajratildi.

OFKga a’zo mamlakatlar uchun 6 ta to’g’ridan-to’g’ri yo’llanma taqdim etiladi. Biroq Avstraliya musobaqa mezboni bo’lganligi sababli ushbu kvotalar soni bittaga kamayadi. Osiyodan 2 ta jamoa pley-off turnirida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.

JCH-2020 kvotalari qit’alar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan:
Osiyo – 6+2
Afrika – 4+2
Shimoliy Amerika – 4+2
Janubiy Amerika – 3+2
Okeaniya – 1+1
Yevropa – 11+1

Pley-off turniriga yo’l olgan 10 ta jamoa 3 ta guruhga bo’lingan holda Jahon chempionatining so’nggi 3 ta yo’llanmasi uchun kurash olib boradi. Mazkur bahslarga ham Avstraliya va Yangi Zelandiya stadionlarida bo’lib o’tadi.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi FIFA tomonidan e’lon qilingan so’nggi reytingga ko’ra 1 pog’ona yuqorilab, 1543 ochko bilan 41-o’rinni egallab turibdi.