“Futbol do’stlik uchun” loyihasi sharhlovchilikka qiziquvchi yoshlarni o’zlarini haqiqiy futbol sharhlovchisi sifatida sinab ko’rishga taklif etadi.
15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha yosh jurnalistlar uchun xalqaro musobaqa tashkil etiladi. Ishtirokchilar 9 yoshdan 14 yoshgacha bo’lishi talab etiladi.
Yosh sharhlovchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali bellashadilar va ularni dunyodagi eng yaxshi yosh sharhlovchi unvonini qo’lga kiritgan Yazn Taxa baholaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lganlar 1 daqiqalik futbol sharhini ingliz tilida olib borishlari va uni montaj qilmagan holda #F4FCommentator heshtegi bilan ijtimoiy tarmoqqa joylashlari zarur.
Ushbu musobaqa 2 ta bosqichda bo’lib o’tadi. Dastlab 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha har bir davlatdan eng yaxshi sharhlovchilar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich 15-oktyabrdan 9-noyabrgacha bo’lib o’tadi va unda eng yaxshi sharhlovchi ovozga qo’yiladi.
Ushbu turnir g’oliblari maxsus esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.