Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasi 2017-yildan beri muntazam tarzda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida ishtirok etib kelmoqda. Tanlov asosda saralab olingan yosh futbolchi va jurnalistlarimiz 2017-yilda Sankt-Peterburgda, 2018-yilda Moskvada va 2019-yilda Madridda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Tashkilotchilar dunyo bo‘yicha yuzaga kelgan pandemiya bilan bog‘liq vaziyatga qaramay, loyihani to’xtatishmadi va uni onlayn-tizimda o‘tkazib, 9 ta asosiy tamoyilni targ‘ib qilishga qaror qilishdi.

Shu sababli, dunyo bo‘ylab 211 mamlakat ishtirok etadigan OAJ “Gazprom”ning “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi “Football for Friendship World” o‘yinini taqdim etdi. Birinchi bor masofaviy tarzda ishtirokchilar xalqaro terma jamoalar hosil qilgan holda, “Futbol do‘stlik uchun” qoidalari bo‘yicha o‘yinlarda qatnashadi. Futbol simulyatori ko‘rinishidagi o‘yinda ham loyihaning asosiy qadriyatlari bo‘lmish do‘stlik, tinchlik va tenglik targ‘ib qilinadi. DataArt tomonidan ishlab chiqilgan o‘yin “MS Windows”, “Aplle MacOS”, “Android”, IOS platformalaridan joy olgan.
OAJ “Gazprom” tomonidan 2013 yildan beri tashkil etilayotgan loyihada 7 mavsum ichida 6 mingta ishtirokchi qatnashdi va 5 millionga yaqin qo‘llab-quvvatlovchilar paydo bo‘ldi.

Dasturda 12 yoshgacha bo‘lgan yosh futbolchi hamda jurnalist o‘g‘il-qizlar, shu jumladan, alohida e’tiborga muxtoj yoshlar, o‘z yurti va millati sharafini himoya qilib, futbol insonlar o‘rtasida millat, jismoniy imkoniyatlar va boshqa ko‘rsatkichlarga qaramay, barchani birlashtira olishini namoyish etmoqda. Yosh jurnalistlar esa dasturni xalqaro matbuot markazida yoritgan holda, “Futbol do‘stlik uchun” shiorlari bo‘lmish do‘stlik, tenglik, adolat, sog‘lik, tinchlik, sadoqat, g‘alaba, urf-odatlar va faxrni keng targ‘ib qilishda ishtirok etishadi.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasini UEFA va FIFA, dunyoning yetakchi klublari, xalqaro xayriya fondlari, mashhur sportchilar, siyosatchilar hamda san’at vakillari qo‘llab-quvvatlaydi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 2020-yilda “Futbol do‘stlik uchun” maxsus raqamli platformada onlayn tizimda o‘tkazilib, turli yoshdagi 10 ming ishtirokchini birlashtiradi. Endi “Futbol do‘stlik uchun” o‘yini orqali xohlovchilar mashg‘ulot o‘tkazishi, dunyo bo‘ylab xalqaro terma jamoalar tashkil etib, sevimli o‘yinida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.