Free ebooks Library zlibrary project

2021-yilgi yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlari hamda 2023-yilgi U17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U15 terma jamoasi uchun Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etilmoqda.

Bosh murabbiy Server Jeparov mazkur terma jamoa tarkibini shakllantirib olishi uchun yig’in bir necha bosqichda guruhlarga bo’lingan holda o’tkazilishi reja ostiga olingan.

Dastlabki bosqichda murabbiylash shtabi 22 nafar futbolchilar bilan mashg’ulotlar olib bordi hamda ular o’z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun o’rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushirildi.

Ushbu yig’in davomida o’smirlar terma jamoamiz “Chig’atoy” stadionida 4 ta o’rtoqlik o’yinida maydonga tushdi va ularning barchasida g’alaba qozondi.

O’rtoqlik uchrashuvlari

U15 O’zbekiston 6-1 Jizzax FA U15

U15 O’zbekiston 4-1 “Lokomotiv U15”

U15 O’zbekiston 2-1 “Bunyodkor U15”

U15 O’zbekiston 2-1 “Andijon U15”