2021-yilgi yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlari hamda 2023-yilgi U17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U15 terma jamoasi navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda.
Bosh murabbiy Server Jeparov qo’l ostidagi o’smirlar terma jamoamiz bugun “Chig’atoy” stadionida 2 ta o’rtoqlik o’yinida maydonga tushdi.
Dastlab, U15 terma jamoamiz “Odil Junior” vakillari bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bahsda o’smirlarimiz raqib darvozasini 4 bor ishg’ol etdi.
Jamoa tarkibini yanada yaxshilash, barcha yosh futbolchilarga imkoniyat berish maqsadida murabbiylar shtabi ikkinchi tarkibni ham shakllantirib bormoqda. Mazkur tarkib futbolchilari “Chig’atoy-2005” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahs 2-1 hisobida O’zbekiston U15 terma jamoasi foydasiga hal bo’ldi.
O’rtoqlik uchrashuvlari
O’zbekiston U15 4-0 “Odil Junior”
Gollar: Mirzayev Laziz (dubl), Saidov Amir (dubl)
O’zbekiston U15: To’laboyev Diyor, Maxkamov Abdulaziz, Zakirjonov Bexruz, Parfyonov Daniel, Xalimov Boxodir, Karimov Ollobergan, Xoshimboyev Jahongir, Gafurjanov Bekzod, Mirzayev Laziz, Saidov Amir, Muxtorov Zikrullo
O’zbekiston U15 2-1 “Chig’atoy-2005”
Gollar: Mirusmonov Mirmaksud, Tursunaliev Ibrohim
O’zbekiston U15: Bo’riyev Jahongir, Bobomurodov Fozil, Li Daniel, Boltayev Otabek, Tulkinbekov Azizbek, Nugmanov Daniil, Mirusmonov Mirmaksud, Isomoddinov Jahongir, Lapasov Bobir, Xabibullaev Muslim, Tursunaliev Ibrohim