Avval xabar berganimizdek, 2024-yilgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma taqdim etadigan U23 Osiyo kubogi bahslariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida 2001-2002 yillarda tug’ilgan futbolchilardan iborat O’zbekiston U21 terma jamoasi tashkil etilgan edi.

Bosh murabbiy Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi mazkur jamoa a’zolari 25-29 may kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida o’tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Ushbu turnirga tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U21 terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. “JAR” stadionida o’tayotgan mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 23 nafar futbolchini jalb etdi.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston U21 terma jamoasi 26-may kuni Ukrainadagi turnirning yarim final uchrashuvida Tunis U21 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Final va 3-o’rin uchun bo’lib o’tadigan bahslar 28-may sanasida “Obolon-Arena” maydonida o’tkaziladi.

O’quv-mashg’ulot yig’iniga jalb etilgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1.        Yo’ldashev Shukron Darvozabon “Olimpik”
2.        Abdunabiyev Xamidullo Darvozabon “Olimpik”
3.        Turdaliyev Abubakir Himoyachi “Nasaf”
4.        Begimov Eldor Himoyachi “Olimpik”
5.        Mirsaidov Saidazamat Himoyachi “Olimpik”
6.        Xamidjanov Sunnat Himoyachi “Andijon”
7.        Sultonmurodov Shoxjaxon Himoyachi “Olimpik”
8.        Abdumadjitov Odыlbek Himoyachi “Metallurg”
9.        Shamsiyev Begzod Himoyachi “Olimpik”
10.    Tursunov Doston Himoyachi “Olimpik”
11.    Raximqulov Diyorbek Yarimhimoyachi “Andijon”
12.    Bo’riyev Abdurauf Yarimhimoyachi “Olimpik”
13.    Jaloliddinov Jasurbek Yarimhimoyachi “Andijon”
14.    Xolmatov Diyor Yarimhimoyachi “Paxtakor”
15.    Ibragimov Ibragim Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
16.    Bektemir Abdumannonov Yarimhimoyachi “Olimpik”
17.    Xoshimov Ulug’bek Hujumchi “Neftchi”
18.    Norchayev Xusayn Hujumchi “Nasaf”
19.    Juraqo’ziyev Otabek Hujumchi “Olimpik”
20.    Roziyev Ruslan Hujumchi Neftchi
21.    Mamasadiqov Timur Hujumchi “Olimpik”
22.    G’iyosov Muxammadali Hujumchi “Olimpik”
23.    Odilov Alisher Hujumchi “Olimpik”